NGN – YANGI AVLOD TARMOG’I
4.05.2006. Rukn: Mobil aloqa
Yangi avlod tarmog‘i jahon bo‘ylab keng tarqalgan so‘nggi tarmoqarlardan biridir. Bu tarmoq dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan davlatlarning telekommunikatsiya tizimlarida qo‘llanilmoqda.
2012 yil 15 may kuni telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlaridan biri “VimpelKom Ltd.” (“Bilayn” savdo belgisi) I chorak uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarni e’lon qildi.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 100 Mbit/sgacha tezlikda ulanish imkonini beruvchi optik tolali Internet tarmog‘ining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Sergeli tumaning 148 ta uyda yashovchilariga endilikda FTTB (Fiber To The Building – Uyga optika) texnoligiyasi amal qiladi.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini o‘tkazdi. 9 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtida Abadiy Olov oldida “Bilayn” xodimlari yig‘ilgan faxriylarni Xotira va Qadrlash Kuni bilan tabrikladilar.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) West Camp ta’lim lagerining Beeline Club hamkorlik dasturiga qo‘shilganligini xabar qiladi. Gold va Platinum imtiyozli karta egalari mijozlarga 10% lik chegirmani kafolatlaydi.
Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Xotira va Qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun katta tabir o‘tkazdilar.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengayuvi haqida xabar beradi. Endilikda CAMEL-rouming xizmatlari Etisalat (Afg‘oniston), VIP Mobile (Makedoniya) va Polkomtel (Polsha) tarmoqlarida amal qiladi. Shuningdek, True Move (Tailand) va Movilnet (Venesuela) kompaniyalari bilan ovozli rouming xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzildi.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) III “Hayot uchun!” yillik xayriya forum-marafonining Gala-homiysi bo‘ldi. Bu yili Toshkentda 20 mingdan ortiq kishi tadbirda ishtirok etdilar.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Mening musiqam” xizmati ringtonlarining TOR-10 taligini taqdim etadi (Ring Back Tone (RBT) – kutish gudoklari o‘rniga musiqa).
Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) kompaniyaning korporativ mijozlariga o‘z mijoz bazasi bo‘yicha mustaqil holda SMS-tarqatmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi SMS-Inform xizmatini taqdim qiladi.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) E-City 3D dam olish markazining Beeline Club hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida xabar beradi. Gold va Platinum imtiyozli karta egalari mijozlarga tegishli ravishda 15% va 20% lik chegirmalarni kafolatlaydi.

Yangi avlod tarmog‘i jahon bo‘ylab keng tarqalgan so‘nggi tarmoqarlardan biridir. Bu tarmoq dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan davlatlarning telekommunikatsiya tizimlarida qo‘llanilmoqda.

Yaqinda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida xotin-qizlar internet festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublikamizda ilk bor o‘tkazilgan festival tashkilotchilari – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Rivojlanish Dasturining «O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish», «O‘zbekiston Hukumatiga Mamlakat Rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘mak», «Uzbekistan Development Gateway» loyihalari, «Kamolot» O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «InfoCOM.UZ» axborot tahliliy jurnalidir. Marosim tantanali va qiziqarli bo‘lib o‘tdi va qatnashchilarni ilg‘or texnologiyalarni yanada chuqurroq egallashga ilhomlantirdi. Marosimda davlat rasmiy idoralari va xalqaro tashkilotlardan mehmonlar ishtirok etdilar.
![]() |
Mercury Smart 800 uzluksiz quvvat manbai Qadimgi Rim afsonasida Merkuriy yo’lovchilar homiysi va savdo xudosi bo’lgan. Mercury savdo belgisi nomi esa inglizcha simob so’o'zidan kelib chiqqan. Ishlab chiqaruvchining fikricha «Dizaynining tekis tuzilishi va ko’zni qamashtiradigan nafis ko’rinishi Mercury mahsulotlarida simobning butun yarqirashi va go’zalligini namoyon etadi». Mercury savdo belgisi egasi Kobian Pte Ltd kompaniyasi hisoblanadi, ushbu kompaniya 1978 yilda tashkil topgan.
![]() |
Interaktiv multimedia vositalari bugungi axborot asrida ommaviy axborot vositalari tizimini o‘zgartirmoqda va uning yangi modellarini vujudga keltirmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash natijasida ommaviy kommunikattsiya vositalari deb nomlanib, ro‘y berayotgan texnologik jarayonlar uzatilayotgan axborot oqimining hudud, vaqt, hajm jihatdan chegaralanmasligiga olib kelmoqda.
![]() |
Bag‘rikenglik-boshqalarning o‘z g‘oyalari, turmush tarzi va faoliyati, mavjudligini anglab, tushunib yeta olish, insonlar turfa xil ekanligiga ko‘nikish va o‘ziga o‘xshamaganlarni hurmat qilish demakdir. Biroq yer yuzida ayrim odamlar orasida murosasizlik hukm surmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995 yilni Xalqaro bag‘rikenglik yili deb e’lon qilgan edi, o‘shandan beri har yil 16 noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni sifatida nishonlanadi.
![]() |
Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo‘lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligidir, (vq3*1010 sm/s) ham to‘g‘ri chiziqli tarqalish va boshqa xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, XVIII asrdayoq quyosh nurini qaytaruvchi ko‘zgulardan foydalanish asosida ishlaydigan optik telegraf va murakkab signallarni uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan semoforlar yaratildi. Axborotni masofaga uzatishda yorug‘lik nurining qulayligini sezgan amerikalik telefon ixtirochisi A. Bell bundan 125 yil avval optik telefon (fotofon)ni yaratdi.
![]() |
Bugungi kunda televizion dasturlarni teleekran uchun maxsus olingan hujjatli filmlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Operativ teleko‘rsatuvlar, va axborot xabarlari, tematik sikllar bilan birgalikda bizni qiziqtiradigan mamlakatimiz hayoti solnomasi bilan zamondoshlarimiz, ularning ishlari, muammolari haqida hikoya qiladilar. Hujjatli filmdan tomoshabin birinchi navbatda faktlar va hodisalarni chuqur yoritib berilishini, insonlar xarakterlarini yorqin ochib, ifodalab berilishini kutadilar. Biz O‘zbektelefilm studiyasi prodyusori Rashid Shokirov bilan olib borilayotgan ishlar, ijodiy xodimlar tomonidan yaratilayotgan yangi filmlar haqida suhbatlashdik.
![]() |
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning ochiq arxitekturasi har qanday nisbatan tajribali bo’lgan foydalanuvchiga o’zi uchun shaxsiy kompyuterni mustaqil yig’ish imkonini beradi. Aynan mana shuning uchun o’zi yig’ishi kerakmi yoki tayyor shaxsiy kompyuter sotib olish kerakmi degan tortishuvlar davom etib kelmoqda.
![]() |
Biz ilgari xabar berganimizdek, shu yilning boshida Sharq Telecom kompaniyasi shaxsiy uy kompyuteriga ega bo’lgan har bir foydalanuvchi uchun an’anaviy Dial-Up-ulanishdan ko’p marta katta tezlikda, lekin narxi bo’yicha shu ulanish bilan teng bo’lgan internetga ulanish imkonini berishdek ajoyib taklif bilan chiqqan edi. Shu bilan birga yana telefon tarmog’i ham band bo’lmaydi. Shunday qilib, bu foydali taklif nimalardan iborat ekan. Gap shundaki, muammoni tubdan hal qilish uchun Sharq Telecom kompaniyasi strategik sherik sifatida dunyoda ulkan hisoblangan tarmoq va kommunikasion uskunalar ishlab chiqaruvchi va loyihachisi D-Link korporasiyasini hamkorlikka taklif etdi. Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar o’zaro foydali kelishuvga keldilar. D-Link korporasiyasining iste’molchilar talablarini qondira olish va yuqori sifatli qurilmalar bilan birga aloqa tarmog’i bozorida eng qulay narxlarni taklif eta olishi hisobiga hamkorlik imkoniyatlari ishlab chiqildi.
![]() |
Televideniya tizimi deb, biz televideniya dasturlarini telemarkazdan bironta tele ko‘ruvchiga etkazishni ta’minlovchi qurilmalar majmui tushuniladi. Boshqacha teleko‘rsatuvlarda albatta «o‘zlarining» tizimi mavjud.