Dasturiy mahsulotlar bozori kengaymoqda
14.01.2013
Rukn: Texnologiya.

Bugungi iqtisodiyotni rivojlantirish sur’atlari ishlab chiqarilayotgan har qanday mahsulotning sifati va samaradorligiga erishish borasida o‘z talablarini qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish jarayonlari va tashkilotlarda hujjat aylanishini avtomatlashtirish hamda tizimlashtirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish, belgilangan vazifalarni bajarishni tezlashtirish imkonini beradigan IT-texnologiyalar ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muallif: O‘zA.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida xizmat qilayotgan harbiylar taqdirlandilar
14.01.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

“Vatan himoyachilari kuni” bayrami nishonlanishi munosabati bilan sohaning rivojlanishida xizmat burchlari va topshiriqlarni sidqidildan bajarib kelayotgan harbiylarning mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish va uning ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013 yil 11 yanvardagi buyrug‘iga ko‘ra sohada xizmat qilayotgan bir qator harbiy xodimlar Qo‘mitaning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Muallif: www.ccitt.uz.
Koreya AT ko‘ngillilarining TATU ga tashrifi
12.01.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

2013 yil 10 yanvar kuni universitetda TATU,Toshkent axborot texnologiyalari kasb — hunarkolleji va Toshkent aloqa kasb – hunar kolleji talabalari uchun “Android operatsion tizimi uchun ilova ishlab chiqish” mavzusida Koreya milliy transport universiteti ko`ngillilari ishtrokida o‘quv trening- seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muallif: .
“Bilayn” tariflarida abonentlik to‘lovi 1 sentga oshdi
10.01.2013
Rukn: Mobil aloqa.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, 1 yanvardan mobil aloqa operatorlari tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi mablag‘lari oyiga 500 so‘m miqdorida belgilangan, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 100 so‘mga ko‘p.

Muallif: .
El-yurt himoyasi – muqaddas burch
10.01.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

Toshkent harbiy-telekommunikatsiya akademik litseyida Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 21 yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Litseyda bir oy davomida ko‘plab tanlov va harbiy-sport musobaqalari tashkil etildi. Ularning g‘oliblari bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi va Mirobod tuman hokimligi vakillari ishtirokida munosib taqdirlanadi.

Muallif: O‘zA.
Ali Agan: “Biz viloyatlarga tez-tez chiqib, har bir mijoz fikrini eshitishga tayyormiz”
10.01.2013
Rukn: Mobil aloqa.

2012-yilning noyabr oyidan boshlab, Ucell kompaniyasining Bosh direktori Ali Agan kompaniya bosh menejerlari bilan birga O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi mazkur kompaniya shahobchalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va mavjud muammolarni joyida hal qilish maqsadida ishchi safarlar uyushtirishni yo‘lga qo‘ydi. Janob Agan o‘zining birinchi safarini Farg‘ona vodiysining Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan boshladi. Tashrifdan ko‘zda tutilgan maqsad viloyatlarda kompaniya faoliyati bilan shaxsan tanishish, mavjud muammolarni va mazkur viloyatlarda mobil aloqa jabhasining istiqboldagi taraqqiyotini o‘rganishdan iborat.

Muallif: .
«Multitach» nima?
05.01.2013
Rukn: Texnologiya.

Kimga qanaqaligini bilmadimu, ammo Apple birinchi ayfonida «o‘ynab ko‘rishim» bilan darhol shaxsan menda multitach texnologiyalariga qiziqish, hurmat paydo bo‘lgandi. Oqilona piar emas, balki aynan ayfonlarda amalga oshirilgan multitach texnologiyasi iPhone smartfonlariga mana shunday ajoyib mashhurlik keltirdi deb ishonaman.

Muallif: Аleksandr Suchkov.