Yangiliklar
25.01.2021
Andijon mashinasozlik institutida robototexnika bo‘yicha “Rektor CUP 2021” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.
19.01.2021
2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.
08.01.2021
6-yanvar kuni oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallari rahbarlari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida rektorlar Inha universitetida yaratilgan sharoitlar va yangi tashkil etilgan IT-inkubatsiya markazi faoliyati bilan tanishdilar.
06.01.2021
2021-yilning 6-yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy veb-sayti, shuningdek Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Denov hamda Uzun tuman hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida axborot xavfsizligi hodisasi yuz berganligi ma’lum bo‘ldi.
06.01.2021
Ma’lumki, joriy yildan boshlab Respublikamiz aholisi biometrik pasportlarini ID kartaga almashtirish jarayoni boshlandi.
05.01.2021
“Vatanparvar” axborot texnologiyalari markazi masofaviy ta’lim uchun “E-AVTOMAKTAB” nomli onlayn platformansini ishlab chiqdi. Mazkur platforma avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirishda axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, karantin talablariga rioya qilgan holda, o‘quv jarayonini an’anaviy yoki masofaviy shaklda tashkil etish imkonini beradi.
04.01.2021
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr «Oʻzbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida» 828-son qarori mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimi ishga tushirilganidan soʻng fuqaro va tadbirkorlardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish, telekommunikasiya bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda tizimni takomillashtirish va qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.
31.12.2020
2021-yil 4-8-yanvar kunlari “Online Digital Camp «Raqamli Avlod-2021” onlayn oromgohining qishki mavsumi bo‘lib o‘tadi.
28.12.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrda “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror bilan pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatib borishni tashkil etish belgilangan.
26.12.2020
Yangi 2021-yil arafasida barchamizning qalbimizda bayramona kayfiyat hukm surmoqda va bayramni yaxshi kayfayatda o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish bilan ovoramiz.