Internetda hisob-kitob jarayoni
28.06.2009
Rukn: Internet.

Internetdan foydalangan holda qator qulayliklarga ega bo’lib, hisob-kitob ishlarini amalga oshirish mumkin. Bu jarayon quyidagi sxemada ko’rsatib berilgan. Internet sotuvchi va xaridor yer kurrasining ixtiyoriy nuqtasida bo’lishiga qaramay, on-line rejimda aloqa bog’lash imkonini beradi.

Muallif: Bekzod Allabergenov.
Ochiq kodli dasturiy ta’minotni mahalliylashtirish: foydalanuvchi interfeysini ona tiliga o’girish
24.06.2009
Rukn: Texnologiya.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari dunyosida yangi texnologiyalar va ular bilan birga, yangi imkoniyatlar avvalgidan ham tez sur’atlarda kirib kelmoqda. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot harakati bu shunday taraqqiyotki, u hozirda bizning oldimizda turibdi. Bu bosqichma-bosqich taraqqiyot jarayoni, yangi texnologiya, yangi bilimlar, standartlar hamda boshqa ko’plab narsalarni anglatadi. Bu davlat va xususiy sektorga hamda ta’lim muassasalariga ko’plab imkoniyatlarni ochib beradi. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foyda olgan va tatbiq etgan tashkilotlar, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar mos ravishda katta daromad oldilar, bu imkoniyatdan foydalanmaganlar esa o’z AKT taraqqiyotlarini boshqalarga nisbatan orqada qolganini ko’rishlari mumkin.

Muallif: Najmiddin Gulyamov, Nurilla Maxamatov.
Elektron portfolio saqlanmalarini yaratish masalalari
24.06.2009
Rukn: Internet.

pic

2008-yilda boshlangan Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hozirgi kunda dunyoning biror-bir davlatini chetlab o’tmayapti. Bu muammoning ta’sirlarini bartaraf etish va inqirozdan chiqib ketish yo’llari qidirilmoqda, turli g’oyalar ilgari surilmoqda, tegishli qonun va qarorlar qabul qilinmoqda.

Muallif: Sanjar Toshev.
Virtual muhitning psixologik xususiyatlari
23.06.2009
Rukn: Texnologiya.

Virtual olam intersubyektiv deb ataluvchi dunyodan katta farq qiladi. Nollar va birlar bilan yozilgan alohida aloqalar bilan insoniy o’zaro munosabatlardagi masofaviy hamda chegaralarni kengaytiradi. Shaxslar nodir xususiyatlarini va sezgi munosabatlarini raqamlashtirish hech bir masofada aniq jamlanmagan ajoyib masofaviy tuzilishini yaratadi.

Muallif: Shohista Samarova.
MTS dan yangi «Tungi Internet» xizmati
14.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.

pic

O’zbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori Uzdunrobita XK, «Mobil Tele Sistemalar» (NYSE: MBT) ochiq aktsiyadorlik jamiyatining 100% sho’ba korxonasi, yangi «Tungi Internet» xizmati ishga tushganini ma’lum qiladi.

Muallif: .
«VimpelKom» aksiyadorlari Direktorlar Kehgashini qayta saylashdi
10.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.

pic

«Vimpel-Kommunikatsiyalar» Ochiq aksiyadorlik kompaniyasi («VimpelKom» yoki «Kompaniya») (NYSE: VIP) bugun Moskvada bo’lib o’tgan aksiyadorlarning umumiy yillik yig’ilishida («Aksiyadorlarning yillik yig’ilishi») aksiyadorlar kun tartibidagi barcha punktlarni ma’qullashdi hamda Direktorlar Kengashining yangi tarkibini saylashganini ma’lum qiladi.

Muallif: .
«Buzton»: to’lov yanada osonlashdi
08.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.

pic   pic

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa opratori «Buzton» MChJ QK markaziy ofisida plastik kartochkalar yordamida to’lovlarni qabul qilish bo’yicha terminal ochilganligini ma’lum qiladi.

Muallif: .