QARShI: O’ZINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLARI BILAN QADIMIY O’LKA
22.05.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
Dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri bo’lgan — Qarshi shahri jahon tarixi va madaniyatida muhim rol o’ynaydi. O’zining yubiley munosabatini nishonlash paytida YuNESKOning bosh konferensiyasi 32-sessiyasida qabul qilingan qarori orqali mazkur ifodalarni topgan. Qarshi — eng yirik qadimiy shahar bo’lib, Samarqand va Buxoroni Afg’oniston va Hinduston bilan tutashtirilgan karvon yo’li vohasi hisoblangan. Ilgarilari o’zining Nasaf nomi bilan atalgan ushbu o’lka qadim-qadimdan dehqonchilik, chorvachilik, va qo’l mehnati ostida ishlab chiqarilgan sherst gazlamalari mahsulotlari va sabzovotchilik bilan savdo sotiqqa asoslangan mashhur shahar hisoblangan. Zamonaviy Qarshi shahri — viloyat markazida joylashgan bo’lib, obodonlashgan katta maskan, yirik sanoat markaziga aylangan. Ishlab chiqarishda esa, asosan qishloq xo’jaligi mollarini qayta ishlov berishga yo’naltirilgan.

Muallif: .
NGN — YANGI AVLOD TARMOG’I
04.05.2006
Rukn: Mobil aloqa.

pic
Yangi avlod tarmog‘i jahon bo‘ylab keng tarqalgan so‘nggi tarmoqarlardan biridir. Bu tarmoq dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan davlatlarning telekommunikatsiya tizimlarida qo‘llanilmoqda.

Muallif: Umid Niyazov.
QIZLAR, ONALAR VA BUVIJONLARNING INTERNET OLAMIDAGI YUTUQLARI
17.04.2006
Rukn: Internet.

pic
Yaqinda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida xotin-qizlar internet festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublikamizda ilk bor o‘tkazilgan festival tashkilotchilari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Rivojlanish Dasturining «O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish», «O‘zbekiston Hukumatiga Mamlakat Rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘mak», «Uzbekistan Development Gateway» loyihalari, «Kamolot» O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «InfoCOM.UZ» axborot tahliliy jurnalidir. Marosim tantanali va qiziqarli bo‘lib o‘tdi va qatnashchilarni ilg‘or texnologiyalarni yanada chuqurroq egallashga ilhomlantirdi. Marosimda davlat rasmiy idoralari va xalqaro tashkilotlardan mehmonlar ishtirok etdilar.

Muallif: Sayora Raxmonqulova.
SIZNING KOMPYUTERINGIZNI MERKURIY HIMOYA QILADI
05.04.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
pic

Mercury Smart 800 uzluksiz quvvat manbai Qadimgi Rim afsonasida Merkuriy yo’lovchilar homiysi va savdo xudosi bo’lgan. Mercury savdo belgisi nomi esa inglizcha simob so’o’zidan kelib chiqqan. Ishlab chiqaruvchining fikricha «Dizaynining tekis tuzilishi va ko’zni qamashtiradigan nafis ko’rinishi Mercury mahsulotlarida simobning butun yarqirashi va go’zalligini namoyon etadi». Mercury savdo belgisi egasi Kobian Pte Ltd kompaniyasi hisoblanadi, ushbu kompaniya 1978 yilda tashkil topgan.

Muallif: .
UZREPORT.COM BIRINCHI O‘ZBEK ON-LINE NASHRI: KECHA VA BUGUN
26.02.2006
Rukn: Internet.
pic

Interaktiv multimedia vositalari bugungi axborot asrida ommaviy axborot vositalari tizimini o‘zgartirmoqda va uning yangi modellarini vujudga keltirmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash natijasida ommaviy kommunikattsiya vositalari deb nomlanib, ro‘y berayotgan texnologik jarayonlar uzatilayotgan axborot oqimining hudud, vaqt, hajm jihatdan chegaralanmasligiga olib kelmoqda.

Muallif: Nozima Muratova.
INTERNET VA BAG‘RIKENGLIK MUAMMOLARI
21.11.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
pic

Bag‘rikenglik-boshqalarning o‘z g‘oya­lari, turmush tarzi va faoliyati, mavjudligini anglab, tushunib yeta olish, insonlar turfa xil ekanligiga ko‘nikish va o‘ziga o‘xshamaganlarni hurmat qilish demakdir. Biroq yer yuzida ayrim odamlar orasida murosasizlik hukm surmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995 yilni Xalqaro bag‘rikenglik yili deb e’lon qilgan edi, o‘shandan beri har yil 16 noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni sifatida nishonlanadi.

Muallif: Iroda Shamsiyeva.
Optik aloqa tizimlari
26.09.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
pic

Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo‘lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligidir, (vq3*1010 sm/s) ham to‘g‘ri chiziqli tarqalish va boshqa xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, XVIII asrdayoq quyosh nurini qaytaruvchi ko‘zgulardan foydalanish asosida ishlaydigan optik telegraf va murakkab signallarni uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan semoforlar yaratildi. Axborotni masofaga uzatishda yorug‘lik nurining qulayligini sezgan amerikalik telefon ixtirochisi A. Bell bundan 125 yil avval optik telefon (fotofon)ni yaratdi.

Muallif: Abduvohid Kasimov.
WCG UZBEKISTAN PRELIMINARY HAQIDA FILM YARATILADI
21.09.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
pic

Bugungi kunda televizion dasturlarni teleekran uchun maxsus olingan hujjatli filmlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Operativ teleko‘rsatuvlar, va axborot xabarlari, tematik sikllar bilan birgalikda bizni qiziqtiradigan mamlakatimiz hayoti solnomasi bilan zamondoshlarimiz, ularning ishlari, muammolari haqida hikoya qiladilar. Hujjatli filmdan tomoshabin birinchi navbatda faktlar va hodisalarni chuqur yoritib berilishini, insonlar xarakterlarini yorqin ochib, ifodalab berilishini kutadilar. Biz O‘zbektelefilm studiyasi prodyusori Rashid Shokirov bilan olib borilayotgan ishlar, ijodiy xodimlar tomonidan yaratilayotgan yangi filmlar haqida suhbatlashdik.

Muallif: Xurshida Azizova.
Intel tizimdi platalari o’zimizda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda TS-Technology® ishlab chiqargan shaxsiy kompyuterlarni test sinovlari
06.09.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
pic

Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning ochiq arxitekturasi har qanday nisbatan tajribali bo’lgan foydalanuvchiga o’zi uchun shaxsiy kompyuterni mustaqil yig’ish imkonini beradi. Aynan mana shuning uchun o’zi yig’ishi kerakmi yoki tayyor shaxsiy kompyuter sotib olish kerakmi degan tortishuvlar davom etib kelmoqda.

Muallif: .
D-Link O’zbekiston istiqbollariga katta umid bog’laydi
01.09.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
pic

Biz ilgari xabar berganimizdek, shu yilning boshida Sharq Telecom kompaniyasi shaxsiy uy kompyuteriga ega bo’lgan har bir foydalanuvchi uchun an’anaviy Dial-Up-ulanishdan ko’p marta katta tezlikda, lekin narxi bo’yicha shu ulanish bilan teng bo’lgan internetga ulanish imkonini berishdek ajoyib taklif bilan chiqqan edi. Shu bilan birga yana telefon tarmog’i ham band bo’lmaydi. Shunday qilib, bu foydali taklif nimalardan iborat ekan. Gap shundaki, muammoni tubdan hal qilish uchun Sharq Telecom kompaniyasi strategik sherik sifatida dunyoda ulkan hisoblangan tarmoq va kommunikasion uskunalar ishlab chiqaruvchi va loyihachisi D-Link korporasiyasini hamkorlikka taklif etdi. Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar o’zaro foydali kelishuvga keldilar. D-Link korporasiyasining iste’molchilar talablarini qondira olish va yuqori sifatli qurilmalar bilan birga aloqa tarmog’i bozorida eng qulay narxlarni taklif eta olishi hisobiga hamkorlik imkoniyatlari ishlab chiqildi.

Muallif: Erik Yerzin.