Barcha sayyoramiz geymerlari, Abit platasini sotib olinglar

pic

Geymerlarni nima uchun ijtimoiy xavfli shaxslar hisoblashadi, hech kim bilmaydi, lekin kompyuter o‘yinlari – bu yaxshi va hatto raqamli davr o‘sib kelayotgan avlodi uchun foydali ekanini doim tushuntirishimga to‘g‘ri keladi. Geymerlar juda odobli xalq bo‘ladi va hech kimni xafa qilmaydilar. Аgarda bungan o‘zlari sababchi bo‘lmasalar. Bizning jurnal O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faol qo‘llab-quvvatlashi ham Samsung Electronics kompaniyasininng bosh homiyligi ostida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari tashkilotchisi hisoblanadi. Birinchi chempionat 2003 yilda bo‘lib o‘tdi, o‘tgan yili esa O‘zbekiston terma komandasi San-Frantsiskoda (АQSh) bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati World Cyber Games 2004 grand-finalida birinchi bor ishtirok etdi. Bu haqida biz ilgari yozgan edik, lekin men dunyodaga mashhur kompyuter texnikasi ishlab chiqaruvchilarining geymerlar ehtiyojlari va orzu-umidlariga qanday munosabatda ekanliklari haqida gapirmoqchiman.

Muallif: Aleksandr Suchkov

LG Karaokesi endi o‘zbek tilida

pic

LG Electronicsdan haqiqiy yangi yil sovg‘asi

Bir necha yillar avval Rossiyada juda ommaviy “Karaoke po russki” ko‘rsatuvi bo‘lar edi. Shunga o‘xshash dasturlar dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida mavjud edi. Karaokeni hamma sevadi, uni har birimiz musiqa tinglab ashula aytishni istaganimiz uchun yaratganlar va albatta hamma o‘z ona tilida qo‘shiq aytishni istaydi.
LG Electronics kompaniyasi O‘zbekiston aholisi uchun haqiqiy yangi yil sovg‘asini taqdim etdi. Bu kompaniya DVD-karaoke qurilmalarini ishlab chiqarishda jahonda tan olingan etakchi kompaniya hisoblanadi, chunki endi 3000 dan ortiq rus va ingliz tillarida qo‘shiqlar yozilgan diskka LG O‘zbekistonda tarqatayotgan karaoke to‘plamini o‘zbek estradasining 500 dan ortiq qo‘shiqlari yozilgan disk ham qo‘shildi.

Muallif:

Samsung M1210 lazerli printeri anatomiyasi

O‘zbekiston bozorlarida yangi universal samarali, maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lgan Samsung M1210 lazerli printeri haqida biz ilgari yozgan edik. Xaridorlarning fikriga qaraganda, bu modelning narxi ham arzon bo‘lishi bilan birga juda yaxshi sifatga ham egadir. Biz bugun endi o‘zining ofisi yoki uyga qimmat bo‘lmagan, mahsuldor lazerli printer tanlayotgan aniq xaridorlarga axborotlar beramiz. Biz Samsung M1210 printeri ega bo‘lgan ko‘plab maxsus imkoniyatlari haqida gapirib beramiz, uning «anatomiyasini» bilib olib siz undan o‘z maqsadlaringiz uchun qo‘llashni rejalashtira olasiz. «Universal», «samarali», «mahsuldor» kabi tushunchalar (hatto yana maxsus imkoniyatlari bilan) xech ham «qimmat bo‘lmagan» tushuncha bilan mos kelmaydi, to‘g‘rimi. Lekin Samsung Elektronics kompaniyasi mahsulotlarini aynan yuksak texnik imkoniyatlarini saqlab qolgan holda mahsulot sifati yuqori bo‘lib, ular har doim ma`qul narxda bo‘lishlari ajratib turadi. Samsung M1210 printeri nimalar qilishni biladi?

Muallif:

Kompyuter Kaynozoy 3D-zavrlari

Biz kaynozoy erasida yashayapmiz (o‘quvchilar siz
bilasizmi biz koynozoya erasida yashayotganmizni
yoki bu haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?). Bu era ko‘plab
ulug‘ hodisalar bilan mashhur, ular orasida ayniqsa,
e`tiborga loyiqlari ikkita: rivojlanishni ortga tortuvchi
ikki jabrali mollyuskalarning – belemnitlarning yo‘q bo‘lib
ketishi va odamning paydo bo‘lishi. Deyarli ikki eralar –
Poleozoy va Mezozoy eralari davomida hukmronlik qilgan
reptiliyalar haqida alohida gapirib o‘tish kerak. Ular
fantastik kattaliklari bilan farq qilganlar, to‘rt kamerali
yuraklari hamda tugallanishi, zavr-deb yakunlanishlari –
dinozavrlar, brontazavrlar, ixtiozavrlar, tiranozavrlar
(… va ba`zi boshqa turlari ham)
F.Krivin “Kaynozoy erasi” ilmiy ertaklari

Qadim-qadimda, Er sayyorasi xali issiq bo‘lmaganda va 3D erasi endi boshlanayotganda, grafik tezlatgichlar xali faqatgina ishchi stantsiyalardagina bo‘lganida, juda …. qancha turganini esga ham olmaylik va ko‘pincha monitorlarga o‘xshash kattalikka ega bo‘lgan. Masalan, Evans&Sutherland dan Freedom seriyali tezlatgichlari tashqi blok ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, kompyuterning sistemali bloki kattaligiga teng bo‘lgan. Bu tezlatgichlarning hisoblash qudrati oddiy qo‘shimcha sektsiyalar kiritish bilan oshirilgan.

Muallif:

Sony firmasining mahsulotlari sifatiga yana bir bor ishonch hosil qildik

pic

Sony raqamli kameralari bilan tanishamiz: Sony DSC F717 va Sony DSC F828

Jurnalimizning o‘tgan 2004 yil Yanvar oyi sonida biz Sony DSC F717 fotokamerasi haqida gapirib bergan edik (“It’s a Sony – Soni bu Sony” maqolasi bilan bizning saytimizda tanishish mumkin). Bu maqolada Sony DSC F717 raqamli fotokamera imkoniyatlari haqida gap boradi. Jurnalimizda fotosuratchi bo‘lganim sababli meni bu fotokamera imkoniyatlari haqida mutaxassis sifatida gapirib berishimni so‘rashdi.

Muallif: Sergey Nasledov

INTEL BIZNI RAQAMLI (UY) MANZIL TOMON OLIB BORADI

Intel korporatsiyasi Intel 951G/P va Intel 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plami asosida shaxsiy kompyuterlar uchun yangi platformasini taqdim etdi
Iyul oyi boshlarida Intel kompaniyasi Intel 951G/P va Intel 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plami asosida shaxsiy kompyuterlari uchun yangi platformasini rasman taqdim etdi.
Yangi mantiqiy tizim(logik sistema)li mikrosxemalarni Intel kompaniyasining taqdim etishi faqatgina Intelning Intel Pentium 4 Socket LGA 775 platformasi uchun chipsetlarning uchta yangi turlarini bozorga chiqarishi bilangina emas, balki butun bir qator Intel platformasini ham taqdim etishi bilan nishonlandi, bu platformani dinamik so’z “Ekspress” so’zi bilan ifodalash mumkin. Аytgandek, “Ekspress” so’zi chipsetlar hamma uchta turida ham mavjud va yangi ketma-ket PCI-Ekspress shinalaridan foydalanilganini, aniqrog’i ikkita shinadan PCI-Ekspress x16 va PCI-Ekspress x1 shinalaridan foydalanilganini anglatadi. Keling shular haqida tartib bilan tanishib chiqaylik.

Muallif:

Sarkor-Telecom: foydalanuvchilar hamma toifalari manfaatini ko‘zlab umumiy rivojlanish

pic

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda, bu o‘sish korporativ foydalanuvchi, o‘rta va kichik korxonalari darajasidagi kichik guruhlardan tortib xususiy shaxslargacha bo‘lgan bozorning turli yo‘nalishlarida kuzatilmoqda. Аlbatta katta kompaniyalar uchun ajratilgan liniyalardan ulanish, “muammoli” zonalarda joylashgan korxonalar uchun esa simsiz ulanish (Radio Ethernet) texnologiyasidan foydalanib ulanish zarur bo‘ladi. Foydalanuvchilarning asosiy qismi esa kommutatsiya yo‘li (usuli) oddiy telefon tarmog‘idan foydalanadi. Bunday sharoitlarda har tomonlama rivojlanayotgan internet-provayder ulanishni tashkil etish bo‘yicha doim yangi texnologiyalarni tatbiq etib borishi va taklif etiladigan xizmatlar turlarini boyitib borishi kerak.

Muallif:

Samsung ML 1520 yangi printeri

pic

Kompyuter bilan ishlaydigan qurilmalarni ishlab chiqarish bilan va ayniqsa, printer ishlab chiqaruvchi har bir mashhur kompaniyalar doimiy ravishda, o’zlarining modellari turlarini yangilab boradilar. Lekin shu bilan barcha eng mashhur modellar o’rniga albatta yangisi paydo bo’lishi e`tiborga olinmaydi. Hamma gap shundaki, bu mashhur model o’rniga yanada mashhur va mahsuldor modeli keladi. Biz yangi printer ML 1520 modeli haqida gapirmoqdamiz, bu model bizning bozorlarda shu yilning to’rtinchi choragida paydo bo’lishi kerak va Samsung ML 1210 modelini almashtirishi kerak.

Muallif:

Pingvinlarnikida mehmonda yoki Linux barcha uchun

pic

Siz pingvinlarning qancha turi mavjudligini bilasizmi?
Haqiqiy Аntarktikada yashaydiganlarini, albatta!? Agar bilsangiz ham balki Аdel pingvinglari, Gumboldtlarni, imperator pingvinlarini aytsangiz kerak.
Bu qushlarning 16 turi mavjud . Kattaliklari bo’yicha (baland bo’yli 117 smgacha bo’lgan imperatorlar va faqatgina 40 smgacha kichik turlari), yashash joylari bo’yicha ham turli xillari mavjud. Pingvinning shunday turlari borki, ular faqatgina Janubiy Amerika janubida, Afrika janubida va Avstraliya qirg’oqlarida yashaydilar, yana shunday turi borki, u ( galapagoslik ) ekvatorda yashaydi. Biroq bu qushlarning asosiy qismi Antarktidada yashaydi. Bu qushlarga yaxshi munosabatlarda bo’linsa ham baribir ularga ko’proq e`tibor berish kerak.
Yer yuzida yashovchi tirik jonzodlar orasida bu ajoyib qushlar hayoti haqida ko’pchilik to’la ma`lumotga ega emas. Ammo ushbu maqolada gap bu haqda bormaydi. Balki dasturlar dunyosidagi ularning «qarindoshlari» haqida boradi. Ular haqida ham ko’pchilik yetarlicha ma`lumotlarga ega emaslar.

Muallif: Stanislav Grigoryev

Harakatdagi ikki tomonlama radio aloqa tizimi tushunchasi

pic

Bugungi kunda uyali telefon aloqasi haqida hamma biladi, biroq uning «kasbdoshi» – ikki tomonlamali radio aloqalari haqida ko’pchilik bilmaydi.
«Uoki — Toki» yoki «Ratsiya» sifatida ko’proq mashhur bo’lgan ikki tomonlamali aloqa radiostantsiyalari turli davlat, ishlab – chiqarish va tijorat tizimlari uchun juda qulay aloqa vositasi hisoblanadi. Shunday qilib, ikki tomonlamali radio aloqasi uyali yoki oddiy telefon aloqasi, peyjing kabi boshqa aloqa texnologiyalaridan farqi nimada?

Muallif: