Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
16.12.2019
Rukn: Tadbirlar.

16-dekabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, Yaponiya tomonidan esa ishbilarmon doiralar vakillari – yirik xoldinglar, moliyaviy tashkilotlar va ko‘p tarmoqli sanoat korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Muallif: .
Zarbdor tumanida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” foydalanishga topshirildi
13.12.2019
Rukn: Tadbirlar.

Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Muallif: .
LBMA suv va mineral o‘g‘itlarni berishning moslashuvchan intellektual tizimini ishga tushirdi
12.12.2019
Rukn: Texnologiya.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb nomlanadi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Suv xo‘jaligi vazirligi deb nomlanadi) bilan birgalikda respublikaning irrigatsiya sohasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Muallif: .
Oktabr-noyabr oylarida butun O‘zbekiston bo‘ylab 84 ta yangi UZMOBILE GSM baza stansiyalari foydalanishga topshirildi
11.12.2019
Rukn: Mobil aloqa.

2019-yilda «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali yangi antenna-machta inshootlari qurilishini hamda baza stansiyalarini ishga tushirishda davom etmoqda. Ko‘p sonli yangi obyektlar qishloq joylarda — mahalla va qishloqlarda ishga tushirilmoqda. 2019-yilning oktyabr-noyabr oylarida O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 84 ta obyektlarda yangi UZMOBILE GSM baza stansiyalari foydalanishga topshirildi.

Muallif: .
“Muloqot” va “kommunikatsiya” tushunchalariga ilmiy yondashuv
10.12.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.

Muallif: Shaxnoza Rahimova.
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”
07.12.2019
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zkomnazorat binosoda “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

Muallif: .