Rukn «Yangiliklar»
Doimiy modernizatsiya qilish, rivojlantirish va kengaytirish — ustuvor vazifalardir
17.03.2009
Rukn: Yangiliklar.

pic

2009-yil 21-fevralda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining kengaytirilgan Hay’ati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish soha faoliyatining 2008-yil yakunlari, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish jarayonlari hamda 2009-yildagi pirovard vazifalarga bag’ishlandi. 2008-yil davomida olib borilgan iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy jabhalarda olib borilgan chuqur siyosat o’zining aloqa va axborotlashtirish tizimida yaqqol samarasini ifodaladi.

Muallif: Shuhrat Sadiqov.
Vazifamiz qishloq joylarida sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishdir
17.03.2009
Rukn: Yangiliklar.

pic

Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzalarida alohida e’tibor bilan qaratilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalardan biri — qishloq aholisi turmush darajasini yuksaltirish, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznes maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan ko’rib chiqish va rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha muhim vazifalarning umumiy yo’nalishi belgilab berildi.

Muallif: Karimjon Mullaboyev.
Videokartani samarali sozlashga o’rganamiz
11.03.2009
Rukn: Yangiliklar.

pic

Hozirgi kunda videoo’yinlar ishlab chiqaruvchilarining qo’yadigan talablari borgan sari oshib bormoqda va ushbu masalada videoadapterlar asosiy omil hisoblanmoqda. Videochiplarda amalga oshirilayotgan texnologiyalar karta resurslaridan samarali foydalanishga, ko’rsatkichlarini aniq sozlash esa ularning mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. Videokartalar narxlari chegarasi juda keng. Deyarli har yarim yilda yangi seriyalari paydo bo’lmoqda va ularga yetib olishga barcha ham erisha olmaydi. Turli qo’shimchalardan foydalanish uchun videokartani to’g’ri sozlash zarur.

Muallif: Shoolim Shomansurov.
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi ro’yxatdan o’tganligi haqida guvohnoma topshirildi
10.03.2009
Rukn: Yangiliklar.

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi ro’yxatga olish organi tomonidan «Tillo-garant» (WebMoney Uzbekistan) mas’uliyati cheklangan jamiyati elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazining Davlat ro’yxatidan o’tganligi haqidagi guvohnomani topshirdi.

Muallif: .
Yozgan va chizganlaringizni darhol raqamlashtiramiz FCS Mobile NoteTaker raqamli ruchkasi
10.03.2009
Rukn: Yangiliklar.

pic

Fujitsu Siemens Computers kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar uchun ko’plab qiziqarli raqamli moslamalar ishlab chiqaradi. FCS Mobile NoteTaker raqamli ruchkasi mana shunday qiziqarli va foydali qurilmalardan biri hisoblanadi. Ushbu qurilma umuman olganda, digitayzer hisoblanadi va mana shu ruchkada yozganlarimizni yoki chizganlarimizni raqamlashtirishga imkon beradi.

Muallif: .
2008 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish ishlari yakunlari ko’rib chiqildi va 2009 yilda faoliyatning bundan keyingi istiqbolari va yo’nalishlari aniqlandi
10.03.2009
Rukn: Yangiliklar.

pic

2009 yil 21 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hay’atining 2008 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish jarayoni bo’yicha sohadagi ishlar yakuni va 2009 yilda faoliyatning bundan keyingi istiqbollari va yo’nalishlarini aniqlashga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Muallif: .