Rukn «Yangiliklar»
O’zAAA Hay’atining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi
29.03.2008
Rukn: Yangiliklar.

pic

2008 yil 28 mart kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida navbatdagi Hay’at yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda O’zAAA bo’lim boshliqlari, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi aksiyadorlik kompaniyalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Hay’atda Agentlik hududiy boshqarmalari ishtiroki esa selector aloqasi yordamida ta’minlandi.

Muallif: .
Kadrlar mustaqillik poydevori
17.03.2008
Rukn: Yangiliklar.

pic

Ma’lumki, pеdagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi bu sohadagi ishlar sifatini yanada oshirish, uning o‘quv-mеtodik hamda axborot ta’minotini mustahkamlash, shuningdеk, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq rеspublika muassasalarini yuqori malakali pеdagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006 yil 16 fеvraldagi “Pеdagog kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qilingandi.

Muallif: Nig'matilla Mo'minov.
Kitobxonlarga masofadan xizmat ko’rsatish tizimi
17.03.2008
Rukn: Yangiliklar.

pic

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi va hayotimiz ijtimoiy, iqtisodiy sohalariga joriy etilib borilayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Jumladan, so‘nggi yillarda Respublikamizda kutubxonachilik sohasining ham aholiga qulay xizmat ko‘rsatish ishlarida yangi imkoniyatlar ochilib bormoqda.

Muallif: Karimov Ulug'bek.
Ashxabodda O’zbekiston axborot texnologiyalari taqdim etildi
27.02.2008
Rukn: Yangiliklar.

pic

2008 yil 31 yanvaridan 2 fevralgacha Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida «SergiKosgi» ko’rgazmalar saroyida O’zbekiston Respublikasi milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazma doirasida «O’zbekiston axborot texnologiyalari» keng ekspozitsiyasi taqdim etildi.

Muallif: Alexander Suchkov.
Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасининг 2007 йилдаги ижтимоий-иқтисодий ривожланиш якунлари тўғрисида маълумот
26.02.2008
Rukn: Yangiliklar.

Ҳисобот даврида алоқа ва ахборот-коммуникация соҳасидаги ислоҳотларни бориши аввалом бор давлатимиз раҳбари ва Ҳукуматимиз томонидан қабул қилинган давлат дастурларининг бажарилиши таъминлаш бўйича ишлар олиб борилди ва бунининг натижасида бир қатор кўрсаткичларга эришилди.

Muallif: .
Ilmiy-innovatsion faoliyatni modellashtirish usullari
24.02.2008
Rukn: Yangiliklar.

pic

Respublikamizda jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish, ta’lim tizimidagi qonuniyatlarni tadqiq etish, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amalga oshishini baholab borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatni ta’lim siyosatining mohiyati respublika mutaxassislariga bo‘lgan ichki talabni qondiradigan, jahonda raqobatbardosh bo‘la oladigan, iqtisodiyot tarmoqlarining tubdan yangilanishiga imkon beradigan kadrlar tayyorlashga ko‘maklashishdir.

Muallif: To'lqin Teshaboyev.
Yangi avlod tarmoqlari haqida fikrlar
07.01.2008
Rukn: Yangiliklar.

pic

«Telekommunikatsiyalar — signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi».
“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zR Qonunidan

Muallif: Karimjon Mullaboyev, Hurshid Lutfullaev.
«O’ZBEKISTON VA XITOY DIPLOMATIK ALOQALARIGA. 15 YIL» MARKASI MUOMALADA
24.12.2007
Rukn: Yangiliklar.

Mustaqillik solnomasida 1992 yil 2 yanvar O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilgan kun sifatida qayd etilgan. Ana shu sanaga 15 yil to’lishi munosabati bilan «O’zbekiston pochtasi» OAJ tomonidan yangi pochta (aloqa) markasi muomalaga chiqarildi va maxsus esdalik tamg’asi (shtempeli) tayyorlandi.

Muallif: .