Рубрика «Yangiliklar»
«Taraqqiyot sari» Radio loyihasi ishga tushurilmoqda
25.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

pic

BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi bilan hamkorligidagi «AKT Siyosati» (ICTP) Loyihasi «O’zbegim taronasi» radiostansiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida yangi, «Taraqqiyot Sari» Radio Loyihasini ishga tushurmoqda.

Автор: .
Axborot texnologiyalari ta’lim tizimini takomillashtirish omilidir
23.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

pic

Global kompyuter tarmog’i — Internetning rivojlanishi natijasida, jahon ta’lim tizimi takomillashuvining yangi istiqbollari paydo bo’ldi. Hozirda ta’limning an’anaviy usullari Internet, kompyuter va kommunikatsiya tizimlarini qo’llashga asoslangan o’qitishning yangi uslublari bilan boyib bormoqda.

Автор: Maxsuda Tillyashayxova.
Elektron dizayn va grafika. O’quv markazlari faoliyatini takomillashtirish omillari
22.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

pic

Jadallik bilan rivojlanayotgan zamonamizning har bir soniyasini axborot va axborot texnolo-giyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Olamda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqidagi ma’lumotlardan xabar topish jamiyat hayot tarzini yuqori saviyada kechishini ta’minlaydi. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy rivojlanishi zaminini, aniqrog’i, elektron tijorat tashkil etadi.

Автор: Sanjar Toshev.
Kriptografiya sohasida yangi kitoblar
22.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

pic

Hozirgi kunda har qanday rivojlangan davlatda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatda egallagan o’rni tobora yuksalib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham axborotlashtirish sohasida keskin o’zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar to’g’risida», «Axborotlashtirish to’g’risida»gi, «Elektron raqamli imzo», «Elektron hujjat aylanishi» to’g’risidagi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

Автор: Oydin Axmedova.
Inqirozdan chiqish yo’llari
21.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

pic

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ‘Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari’ nomli kitobini o’rganishga bag’ishlangan anjuman o’tkazildi. Unda universitet professor va o’qituvchilari hamda talabalar qatnashdilar.

Автор: Nig'matulla Mo'minov.
O’qitish vositalarining yangi avlodlari
20.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

pic

O’quv jarayonidagi asosiy muammolardan biri talabalarning o’zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunishlarini, xotiralarida saqlash va qo’llash yo’llarini egallashni yaxshilashdan iborat bo’lmoqda. Ma’lumki, inson ma’lumotlarning 80 foizini ko’rish, 15 foiziga yaqinini eshitish va qolgan 5 foizini maza-tam bilish sezgi organlari orqali oladi. Biroq hayotda ma’lumotlarni faqat qabul qilibgina qolmay, uni yodda saqlash ham kerak.

Автор: O. Shukurova, N. Zoyirov, T. Jo'rayev.
Maqsad — har jihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlash
20.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 sonli «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning viloyatlardagi 5 ta filiali, jumladan, Samarqand filiali ham 2005-2006 o’quv yilidan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. TATU Samarqand filiali faoliyati uchun Samarqand shahri markazidan bino ajratildi va juda qisqa vaqtda zamonaviy talablar asosida sifatli ta’mirlandi. Jumladan, kompyuter va o’quv, laboratoriya xonalari ta’lim standartlari asosida jihozlandi. Filialning axborot resurs markazi (ARM) tashkil etilib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlandi, hozirgi kunda uning fondi o’n to’rt mingdan ortiq ilm manbalarini o’z ichiga oladi.

Автор: O. Meliyev.
Muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi
13.04.2009
Рубрика: Yangiliklar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Автор: .