Рубрика «Texnologiya»
Axborot-kutubxona va axborot-resurslar markazlari uchun zamonaviy texnika, texnologiya hamda dasturiy ta’minot
11.04.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Kutubxonachilik sohasida axborot texnologiyalarini tatbiq qilishning muhimligi Respublika Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan [O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida». Ma’rifat, 2006 y. 21 iyun № 49 (7866)]. Qarorga muvofiq, viloyatlardagi ilmiy-universal kutubxonalar negizida axborot-kutubxona markazlari (AKM) hamda tuman, shahar va qishloqlardagi ommaviy kutubxonalar negizida axborot-resurs markazlari (ARM) tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Автор: Ulug'bek Karimov, Aleksey Melnikov.
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ME’YORIY — HUQUQIY ASOSINI YARATISH
04.04.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Zamon taraqqiy etgan sari jamiyatda axborotga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ortib bormoqda, ayniqsa, axborot texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi axborotlar hajmining ham ortib borishiga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi axborotlar ichida ma’lum ma’noda himoyani, mahfiylikni va sir saqlanishini talab etadiganlari ham bo‘ladi, negaki, bu toifadagi ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi, o‘g‘irlanishi yoki yo‘q qilinishi kabi holatlar tashkilot uchun katta talofotlarni, moliyaviy yoki moddiy zararlarni olib kelishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun esa qanday soha bo‘lmasin albatta, axborot xavfsizligini, uning himoyasi va muhofazasini amalga oshirishi lozim.

Автор: Oybek Juraev.
NGN TARMOG’INING TRANSPORT TEXNOLOGIYASI
21.03.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Axborot texnologiyalari barcha rivojlangan mamlakatlar kabi respublikamizda ham yuqori suratda rivojlanmoqda. Yangidan yangi texnologiyalar mamlakatimizga kirib kelmoqda va ularni ekspluatatsiya qilish choralari davlatimizda aloqa sohasida ish olib boruvchi kompaniyalar (UZBEKTELECOM, EAST TELECOM va boshqalar) zimmasiga katta mas’uliyatni yuklamoqda.

Автор: Rustam Abduraxmonov.
YANGI INTEL TO’RTYADROLI PROSESSORLARI ISH JOYI KOMPYUTERLARI VA SERVERLAR UCHUN MAHSULOTLAR TURKUMINI KENGAYTIRADI
25.02.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
2007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo’lib o’tgan CONSUMER ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko’rgazmasida Intel korporasiyasi yana uchta to’rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi kompyuterlari uchun prosessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to’rt yadroli prosessorlar bilan kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda Intel korporasiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server-sistemalar bozor segmenti uchun mo’ljallangan to’rt yadroli prosessorlar to’qqizta modellarini taqdim etadi.

Автор: .
ISH JOYI TIZIMLARI UCHUN MOBIL PLATFORMA
25.01.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Intel mobile on Desktop (MoDT) texnologiyasi bo’yicha bajarilgan Gigabyte va MSI tizimli platalari Barchasi o’z oqimida boradi, barchasi o’zgarib boradi. Qachonlardir portativ kompyuterlar uchun barcha mobil komponentlari faqat ish joyi tizimlari uchun prosessorlar va chipsetlar asosida ishlab chiqilar edi. Biroq Intel kompaniyasi prosessorlar asosida mobil shaxsiy kompyuterlar uchun Intel Centrino platformasini va muhim hisoblangan maxsus mobil kompyuterlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan tizimli logika mikrosxemalari to’plamini muvaffaqiyatli amalga oshirganidan so’ng vaziyatni o’zgartirish mumkin bo’ldi va endi ish joyi tizimlari Intel mobile on Desktop (MoDT) yangi platformaga ega bo’ldilar, bu platformada Intel Centrino platformasi komponentlaridan foydalaniladi.

Автор: .
EKOANTROPOKOSMIZMNI O‘RGANISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
14.12.2006
Рубрика: Texnologiya.

pic
Ma’lumki, noosfera antropokosmizmning asosi hisoblanadi. U o‘z navbatida, insonning «tabiat va kosmos hukmdori» mavqeini, ustunlik holatini anglagan holda egallaydigan insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichiga ko‘tarilishi jarayonidan iborat bo‘ladi.

Автор: Almaz-Xanum Medjidova.
MAQSAD — TA’LIM SIFATINI KO‘TARISH
23.11.2006
Рубрика: Texnologiya.

pic
Texnologiyalar taraqqiyoti jamiyatda chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Keyingi vaqtlarda jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojini tadqiq etuvchi olimlar tomonidan axborot — kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan to‘g‘ri foydalanish va boshqarish, inson hayotining barcha sohalariga kirib borib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishni ta’minlashi, АKT asrimiz taraqqiyotining eng asosiy ilgari yetaklovchi kuch bo‘lib qolishi mumkin, degan gaplarni ko‘p bor ta’kidlamoqdalar.

Автор: Dildora Madjidova.