Рубрика «Texnologiya»
O’QITISHNING RAQAMLI TEXNOLOGIYASI MASALALARI.
15.10.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Keyingi 50 yil mobaynida kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari ham ma’lum darajada o‘sib bormoqda. Keyingi yillar bilim berish amaliyotida bir-biriga o‘xshash tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Ular kompyuter texnologiya, axborot va o‘qitish texnologiyasi deb atalmoqda. Bu uch tushunchani bir-biridan ajrata olmay, chalkashtirilgan hollar ko‘p uchraydi. Shu sababli ularning soddalashtirilgan mazmunini bayon etishga harakat qildik.

Автор: Nodir Boltayev, Marat Zokirov.
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH JAMG’ARMASI 10 YILLIGI
04.09.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Kecha zamonaviy hisoblangan texnika yoki texnologiya bugun eskirib, o‘rnini yangisiga bo‘shatib berayotgan, rivojlanish shiddatli tus olgan davrda yashayapmiz. Bu jadallik, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya sohasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat iqtisodiyotini belgilab beruvchi va rivojlantiruvchi kuchga aylangan.

Автор: Ravshan Asqarov.
YANGILIKKA INTILIB…
27.06.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Biz XXI asrning boshlang‘ich qaldirg‘ochlari, yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun ezgu niyatlarni maqsad qilib olgan kuchli bilim talabgorlarimiz. Farovon hayot uchun kelajagimizni asta-asta, o‘z mehnatimiz bilan rivojlantirish tizimini ishlab chiqib, uni targ‘ib qila bilishimiz kerak. Xalqimizda’Bilgan doimo botir, bilmagan johil’ degan naql bor. Inson yangi bilim cho‘qqilariga intilib kelgan.

Автор: Ahror Abduvaliyev.
Line-On LH-16W1P485C optik diskovodi
11.06.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
DVD+R va DVD-R Dual Layer (8.5 GB) diskida yozishni ta’minlovchi Line-On LH-16W1P485C optik diskovodi DVD formatlari juda ko’pligiga qaramay biz baribir ko’proq DVD+R yoki DVD-R disklaridan ma’lumotlarni yozishda foydalanamiz. 4,5 Gbaytli sig’imga ega DVD bir qatlamli diski hozircha etarli bo’lsa ham ko’pchiligimiz DVD+R va DVD-R Dual Layer (8.5 GB) ikki qatlamli DVD disklariga yozish imkoniyatiga ega diskovodlarni sotib olish to’g’risida o’ylaymiz. O’tgan yil oktabr oyida biz DVD+R Dual Layer (8.5 GB) disklarida yozishni ta’minlovchi Line-On LH-16W1P485C optik diskovod to’g’risida yozgan edik. Endi esa biz DVD+RDL DVD- RDL ikkala formatiga yoza oladigan Line-On LH-16W1P485C diskovodini tanishish uchun oldik.

Автор: .
BS7799 STANDARTI TARIXI
06.05.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Bugungi kunda, dunyoda axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha turli xil standartlar mavjud. Jumladan, axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha BS7799 Britaniya standarti ham xalqaro standartlar qatoriga kiradi. Uning birinchi qismi, BS7799-1 Buyuk Britaniya +ukkumati buyurtmasiga asosan 1995 yilda ishlab chiqilgan. 2006 yil boshlarida axborot xavfsizligi sohasida tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha yangicha BS7799-3 standarti amalga kiritildi, keyinchalik bu standart 27005 indeksini qabul qiladi. Maqolamizda standartning yaratilish tarixi haqida so‘z boradi. O‘ylaymizki, bu sizda oz bo‘lsada qiziqish tug‘diradi.

Автор: Oybek Jo'rayev.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA QONUNCHILIK MASALALARI
30.04.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
O‘tgan XX asr fan va texnika, sanoat, ishlab chiqarish inqilobi davri deb nomlangandi. XXI asr esa tarixga axborot asri nomi bilan kirib keldi.Bugungi kunda davr ruhiga binoan axborot hamjamiyatlari tashkil etilmoqda, uning asosini aloqa vositalari, kompyuter industriyasi, televideniyedagi keng texnologik o‘zgarishlar tashkil qiladi. Axborotlar almashish tezligi va ulardan yanada samarali foydalanish hajmi o‘sib bormoqda. Xususan, «konvergensiya» — bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan texnologiyalarni birlashtirish, telefon, televidenie va kompyuterlar orasidagi farqni yo‘qotish yo‘llari masalasida katta ishlar amalga oshirilmoqda, bularga Internet, mobil telefoniya misol bo‘la oladi.

Автор: Nil Sadikov.
Zamonaviy texnologia yoshlar orasida
29.04.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Talaba ilmga chanqoq, intiluvchan, harakatchan va albatta, qiziquvchan o‘smir, qo‘yingki, har qanday bilim talabgori. Uning odob axloqi, muomalasi, xatto o‘zini tutishi ham ilm chirog‘ini yoqib turgandek go‘yo. Quvnoq asalari kabi bilim bulog‘ini izlar doim. Uni goh domlasidan, goh kitobdan topib sabri chidaguncha, kuchi yetguncha yoki qiziqishi yo‘qolguncha o‘rganishga harakat qilar. Shart bajarilsa: ‘ topdim yo‘lim ‘ aks xolda, ‘ qaydasan bilim ‘ tarzida davom etar uning hayoti. Men ham talabaman. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasiman. Hozir texnika taraqqiy etgan davrda ma’lumotlar zahirasi bo‘lgan Internet qulayliklari katta. Ma’lumki web sahifalar har xil sohaga oid bo‘lishi mumkin.

Автор: Ahror Abduvaliyev.
Axborot-kutubxona va axborot-resurslar markazlari uchun zamonaviy texnika, texnologiya hamda dasturiy ta’minot
11.04.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Kutubxonachilik sohasida axborot texnologiyalarini tatbiq qilishning muhimligi Respublika Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan [O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida». Ma’rifat, 2006 y. 21 iyun № 49 (7866)]. Qarorga muvofiq, viloyatlardagi ilmiy-universal kutubxonalar negizida axborot-kutubxona markazlari (AKM) hamda tuman, shahar va qishloqlardagi ommaviy kutubxonalar negizida axborot-resurs markazlari (ARM) tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Автор: Ulug'bek Karimov, Aleksey Melnikov.
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ME’YORIY — HUQUQIY ASOSINI YARATISH
04.04.2007
Рубрика: Texnologiya.

pic
Zamon taraqqiy etgan sari jamiyatda axborotga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ortib bormoqda, ayniqsa, axborot texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi axborotlar hajmining ham ortib borishiga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi axborotlar ichida ma’lum ma’noda himoyani, mahfiylikni va sir saqlanishini talab etadiganlari ham bo‘ladi, negaki, bu toifadagi ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi, o‘g‘irlanishi yoki yo‘q qilinishi kabi holatlar tashkilot uchun katta talofotlarni, moliyaviy yoki moddiy zararlarni olib kelishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun esa qanday soha bo‘lmasin albatta, axborot xavfsizligini, uning himoyasi va muhofazasini amalga oshirishi lozim.

Автор: Oybek Juraev.