Рубрика «Texnologiya»
Joriy yil kuz faslida haydovchisiz avtobus sotilishi boshlanadi
04.08.2017
Рубрика: Texnologiya.

O‘zi boshqariluvchi transport vositalari kun sayin ko‘proq hayotimizga kirib kelmoqada. Mashinalar, samoda samolyotlar, endi esa mini-avtobuslar shaharlarimiz ko‘chalarida harakatlanishi mumkin. Bu NAVYA fransuz kompaniyasining mahsuloti bo‘lib, hech qanday reklamasiz o‘zining birinchi elektrotransportiga oldindan buyurtma ola boshladi.

Автор: .
OCDMA asosida paketli ma’lumotlarni uzatishning texnologik yechimlari
02.07.2017
Рубрика: Sharh va fikr-mulohazalar, Texnologiya.

Paketli kommutatsiya usuliga asoslangan Internet tarmoqlari va ularda hosil bo‘ladigan trafiklarni tugunlarda kommutatsiyalash orqali uzatish/qabul qilishni amalga oshirish — yildan-yilga telekommunikatsiya tarmoqlarida davomiy oshib borayotgan uzatish sig‘imini yanada kengaytirish bilan bog‘liq masalalar asosida tobora murakkab jarayonga aylanib bormoqda.

Автор: .
Filmlar va o‘yinlar uchun 3d modellar yaratish
01.07.2017
Рубрика: Sharh va fikr-mulohazalar, Texnologiya.

Bugungi kunda zamonaviy kino va kompyuter o‘yinlarini uch o‘lcham­li grafikadan ayri holda tasavvur etish mumkin emas. 3D-rassomlik kasbiga bo‘lgan talab hech qachon ayni vaqtdagi kabi dolzarb bo‘lmagan. Uch o‘lchamli grafik obyektlarni yaratish uchun, avvalo, 3D-muharrirlarning asosiy elementlari va 3D mo­dellarni ishlab chiqish bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish kerak.

Автор: .
LG sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqmoqda
01.07.2017
Рубрика: Texnologiya.

Tarmoq manbalari ma’lum qilishicha, LG kompaniyasi sun’iy intellekt tizimi — Artificial Intelligence (AI)ni ishlab chiqish bilan bog‘liq tadqiqot loyihasini tashkil etdi. LG kompleks tashabbusi bilan yangi bo‘linmalar shakllantirildi. Uning tarkibiga ikki ilmiy markaz kiradi: ulardan biri robototexnikaga, boshqasi — chuqur o‘qitish texnologiyalariga ixtisoslashgan. LG sun’iy intellekt tizimlari juda keng qo‘llanilishi mo‘ljallanmoqda. Bular «aqlli» maishiy uskunalar, avtomobil platformalari, Internet vositalar va ilovalar qurilmalaridir. Shuningdek, LG AI elementli xususiy ovozli yordamchi ustida ishlamoqda. Bunday yordamchi kelgusida LG smartfonlari qatorini to‘ldiradi.

Автор: .
Xitoyda yo‘lovchi tashish transport vositasi sifatida avtobus va tramvay gibridi namoyish etildi
01.07.2017
Рубрика: Texnologiya.

Xitoyda CRRC vagonlari ishlab chiqaruvchi korxona yaqinda transportning yangi turini taqdim etdi. U o‘zida haydovchisiz transport vositalari tramvay, avtobus gibridini namoyish etadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, bu bir yoki bir necha seksiyadan iborat avtobusdir. Tramvay kabi esa faqat qat’iy belgilangan yo‘nalish trayektoriyasi bo‘yicha harakat qiladi. Buning uchun relslardan emas, balki maxsus belgilangan yo‘ldangina harakatlanadi.

Автор: .