Рубрика «Texnologiya»
AKT Buxoro viloyati Davlat va xo‘jalik boshqaruvida
25.07.2018
Рубрика: Texnologiya.

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda.

Автор: Alisher Qudratov.
Lyuminoid kostyumi bilan yorqin bayram
24.07.2018
Рубрика: Texnologiya.

Bayramni tashkillashtirishga ijodiy yondashish barcha tashrif buyurganlar uchun yaxshi kayfiyat va xohlagan natijaga erishish (shartnoma tuzish, foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish) garovidir. Noyob Luminoid kostyumi – bu hech kimni befarq qoldirmaydigan va shubhasiz quvonch bag‘ishlovchi animator uchun bayram kiyimidir. Modelni ichki LED yoritgichlar bilan yoritilishi mahsulotning to‘liq yorqinlashishi ta’sirini yaratadi. Bundan tashqari, ijodiy yondashib ishlangan kosmik robot siz bilan muloqot qilish, buyruqlarni bajarish yoki tanlovlarda ishtirok etish, maxsus dinamik orqali suhbatlashish imkonini beradi.

Автор: .
NAO 6 –Aldebaran Robotics’dan yangi avlod gumanoid roboti
23.07.2018
Рубрика: Texnologiya.

Yaponiya Softbank xoldingining bir qismi bo‘lgan Aldebaran Robotics kompaniyasi yangi odamsimon NAO6 roboti modelini taqdim etdi. Aslida, yangilangan gumanoidning tashqi qiyofasi deyarli o‘zgarmagan va avvalgi versiyalarining barcha funksiyalariga ega bo‘lsada, u yanada aqlli, harakatchan va yangi kiritmalari tufayli yanada barqaror ishlaydigan bo‘ldi.

Автор: .
VR-qurilmalari bozori 27 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
21.07.2018
Рубрика: Texnologiya.

Bu yil virtual reallik (VR) orqali yetkazib beriladigan qurilmalar jahon bozorida 27 foizga o‘sadi, Oculus va HTC o‘rtasidagi raqobat esa kuchayadi. Bu haqda TrendForce analitiklari ma’lumot berdi. Ularning prognozlariga ko‘ra, 2018-yilda ishlab chiqaruvchilar 4,65 mln.ga yaqin VR-qurilma ishlab chiqaradilar, o‘tgan yili 3,65 mln. dona bo‘lgandi. Ular safiga kompyuter va o‘yin konsollariga ulanadigan gadjetlar, shuningdek, avtonom moslamalar kiradi.

Автор: .
Yaqin yillarda Citibank robotlari 10 000 ishchi-xodim o‘rnini bosadi
20.06.2018
Рубрика: Texnologiya.

AQShning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Citibankning Citigroup prezidenti va bir qator korporativ mijozlar kompaniyasining bosh direktori Jeyms Foresning (Jeyms A. Forese) bergan ma’lumotiga ko‘ra, Financial Times gazetasiga bergan intervyusida kelgusi besh yil mobaynida robotlar 10 000 ishchi-xodimlar ish o‘rnini kishini almashtirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Автор: .
Sensorwake Trio budilnigi(uyg ‘otkich soat) hidli, nur taratuvchi va ovozli bo‘ladi
20.06.2018
Рубрика: Texnologiya.

Yaqinda KickStarter saytida g‘ayritabiiy budilnikning ishlab chiqilishi uchun mablag‘ yig‘ila boshlandi. Sensorwake Trio qurilmasi hidi, yengil nuri va tovushi bilan foydalanuvchini uyg‘otadi. Yangilikka bo‘lgan qiziqish juda katta – qurilmani ishlab chiqarish uchun 30 ming dollar yig‘ilishi zarur edi, ushbu maqsadga faqatgina uch soat ichida erishildi. Yangilikni tayyorlash davrida bu raqam 120 ming dollardan oshib ketdi.

Автор: .
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Axborot texnologiyalari markazi” mutaxassislari tomonidan INTERAKTIV MINBAR (SMART PODIUM) yaratildi
11.06.2018
Рубрика: Texnologiya.

​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698 sonli qarori belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga yangi innovatsiyalarni joriy etish va Professor-o‘qituvchilarni zamonaviy axborot va multimedia texnologiyalaridan foydalanish hamda darslarni sifatli tashkil etish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Axborot texnologiyalari markazi” mutaxassislari tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan va takomillashtirilgan INTERAKTIV MINBAR (SMART PODIUM) yaratildi va hozirgi kunda o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.

Автор: .