Rukn «Tadbirlar»
O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashishini oshirishga doir test topshiriqlarini tuzishda kompyuter amaliy dasturlaridan foydalanish ahamiyati
12.03.2020
Rukn: Tadbirlar.

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida  ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.

Muallif: .
Turkiyaning Komtel Technologies kompaniyasi O‘zbekistonda binolarda mobil tarmoq signallarini kengaytirish va tarqatish bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif etmoqda
12.03.2020
Rukn: Tadbirlar.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hilton Tashkent City, “Komtel Technologies” (Turkiya) bilan hamkorlikda “IBS/DAS texnologiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya sohasida muhim innovatsion yechim sifatida joriy etish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Muallif: .
Xorazmlik ayol rahbarlarning xizmatlari beqiyosdir
12.03.2020
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligining ishchi guruhi hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish, tizimdagi muammoli masalalarni joyida hal etish, xodimlar bilan muloqot o‘tkazish maqsadida an’anaviy tarzda viloyatlarga safar uyushtirmoqda. Vazirlik rahbariyati ayni vaqtda ham Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi.

Muallif: .
Yangibozorda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
11.03.2020
Rukn: Tadbirlar.

Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchinchisi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 24 ta shunday markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muallif: .
Kompyuterdan foydalanayotganingizda Al-Xorazmiyni eslab qo‘ying!
10.03.2020
Rukn: Tadbirlar.

Bugun dunyoda rivojlanayotgan qaysi soha bo‘lmasin, albatta kompyuter texnoloiyalarining xizmati beqiyos. Hattoki shaxsiy ko‘makchilarimiz bo‘lgan kompyuter, televizor, telefon (smartfon) kabi zamonaviy texnikalarsiz o‘zimizni bir zum tasavvur eta olishimiz ham qiyin bo‘lib qolgani haqiqat… Ayniqsa e’tibor qilgan bo‘lsangiz, birozgina shaxsiy texnikalaringizda nosozlik yuz bersa, sabringiz sinalayotgandek bir xayolingiz uni tezroqqina tuzatishda bo‘ladi. Bu hissiyot och qolganingizda uni kuchliroq his etishdan-da tezroq seziladigan holatdek go‘yo.

Muallif: .
AKT Vaziri yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni tabrikladi
07.03.2020
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi, Toshkent axborot texnologiyalari kafedrasi professori Saida Beknazarova ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz qaroriga binoan esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti Xomidova Nasiba Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Muallif: .