Rukn «Tadbirlar»
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
25.03.2017
Rukn: Tadbirlar.

Joriy yilning 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston boylab, Muhamma Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek yutimizdagi AKT sohasida ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Muallif: .
Startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda
23.03.2017
Rukn: Tadbirlar.

BMT Taraqqiyot Dasturi va Savdo-sanoat palatasining “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichini boshlab yubordi. Mazkur dastur o‘zining biznesini boshlashda hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishda yoshlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Muallif: .
TATUda talabalar va yosh olimlar uchun yangi talabalar turar joyi ochildi
18.03.2017
Rukn: Tadbirlar.

17 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va yosh olimlari uchun 318 o‘rinli (A.Temur ko‘chasi 119-uy) Talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari U.A’lamov, Bilayn kompaniyasining bosh direktori D.Shukov, TATU rektori T.Teshabaev hamda universitetning yosh o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Muallif: .
Davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi
13.03.2017
Rukn: Tadbirlar.

13 mart kuni Toshkent shahrida Buyuk Britaniya tajribasi misolida davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik va davlat idoralarining mas’ul mutaxassislari, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, Savdo-sanoat palatasi, BMT «Taraqqiyot» dasturining yurtimizdagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Osiyo Taraqiyot banki vakillari ishtirok etdilar.

Muallif: .