Rukn «Tadbirlar»
TATU da 1,6 mln dollarlik media-markaz ishga tushiriladi
06.12.2017
Rukn: Tadbirlar.

6 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida qo’mita hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o’rtasida «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolandi.

Muallif: .
Soha xodimlariga davlat mukofotlari topshirildi
05.12.2017
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi arafasida yurtimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidan taqdirlangan bir guruh xodimlarga davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Muallif: .
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi yoshlarining birinchi yalpi uchrashuvi
04.12.2017
Rukn: Tadbirlar.

2017-yil 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi yoshlarining birinchi yalpi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik tizimidagi tashkilotlar, kompaniyalarda mehnat qilayotgan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 1,5 ming nafar yoshlar ishtirok etdilar. Sohaning hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalari tadbirda video-tarmoq yordamida qatnashdilar.

Muallif: .
«Startap-Tashabbuslar» dasturining 12 ta jamoasi startaplarini «Demo Day»da investorlarga taqdim etdi
30.11.2017
Rukn: Tadbirlar.

Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid uch oylik dasturning yakuniy bosqichi shu yilning 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dasturning ikkinchi davri finaliga 19 ta jamoa muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, ulardan 12 tasi «DemoDay» maxsus tadbirida o‘z startap-loyihalarini salohiyatli investorlar hamda manfaatdor tashkilotlarga taqdim etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Muallif: .
TATUda “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazining taqdimoti o‘tkazildi
28.11.2017
Rukn: Tadbirlar.

23 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar, TATU rahbariyati hamda AKT vazirligi vakillari ishtirokida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazining rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muallif: .
O‘zbek olimi «Isaak Nyuton» medali bilam taqdirlandi
25.11.2017
Rukn: Tadbirlar.

Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining unvonlar va taqdirlash departamenti xulosasiga binoan “Isaak Nyuton” («Isaac Newton») medali bilan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori Beknazarova Saida Safibullayevna taqdirlandi.

Muallif: .
«Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati» mavzusidagi mintaqaviy seminar o‘z ishini yakunladi
24.11.2017
Rukn: Tadbirlar.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (Agentlik) va Savdo sanoat palatasi (SSP) bilan hamkorlikda 2017 yil 22-23 noyabr kunlari «Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati» mavzusida mintaqaviy seminar o‘tkazdi.

Muallif: .