Rukn «Tadbirlar»
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “TATUda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
03.04.2016
Rukn: Tadbirlar.

tuit_4_04_2016_1

Joriy yilning 29 mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirokida «TATUda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida TATU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor X.M. Bobomuradov, AKT bo‘yicha maslahatchi prorektor Li Chul Su va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.B.Radjievlar ishtirok etdilar.

Muallif: .
TATUning 3 professor-o‘qituvchisiga texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi
03.04.2016
Rukn: Tadbirlar.

tuit_4_04_2016

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi katta ilmiy xodim tadqiqotchisi Akmal Muratovich Inogomov 05.04.02-Radiotexnika qurilmalari va tizimlari ixtisosligi bo‘yicha «Optik tolalarni kamyob yer elementlari bilan modifikatsiyalash usullari va ularning spektral tavsifi” mavzusidagi doktorlik dissertatsisini muvaffaqiyatli himoya qilib texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Unga O‘zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Rajabov Telman Dadaevich ilmiy rahbar bo‘lgan.

Muallif: .
Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi Milliy ilmiy-ta’limiy forum
22.03.2016
Rukn: Tadbirlar.

23-25 mart 2016 yil O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh VA NAShR ETTIRISh FAOLLIGI Milliy ilmiy-ta’limiy forumini tashkil etmoqda.

Muallif: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
15.03.2016
Rukn: Tadbirlar.

lib_15_03_2016

2016 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “YS – your school” ingliz tili so‘zlashuv klubining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni ommalashtirish va rivojlantirish markazi “YS – your school” tomonidan tashkil etilgan tadbirda ingliz tili so‘zlashuv klubining doimiy a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Muallif: .
Ayol borki, olam munavvar
08.03.2016
Rukn: Tadbirlar.

gis_8_03_2016

8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir Inspeksiya rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda Inspeksiya rahbariyati va xodimlari barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga gul va sovg‘alar ulashildi.

Muallif: .
“Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi
27.02.2016
Rukn: Tadbirlar.

el_27_02_2016

2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Muallif: .