Rukn «Tadbirlar»
“INFOLIB – 2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochildi
31.10.2017
Rukn: Tadbirlar.

2017 yil 30 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB–2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochildi. Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son hamda 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Muallif: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB -2017” VI Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
27.10.2017
Rukn: Tadbirlar.

2017 yil 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB -2017” VI Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Haftalikning tashkiliy ko‘mitasi vakillari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, kutubxona xizmat rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Muallif: .
Davlat onlayn xizmatlarini ommalashtirishda media yondashuvga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi
26.10.2017
Rukn: Tadbirlar.

2017 yilning 26-27 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «InfoCapital Group» konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda hamda Osiyo Taraqqiyot Banki ko‘magida «Davlat elektron xizmatlarini ommalashtirishda media yondashuvlar» mavzuida treninglar o‘tkazilmoqda.

Muallif: .
Taniqli ijodkorlardan master klass
23.10.2017
Rukn: Tadbirlar.

18 oktyabr kuni Televizion texnologiyalari fakultetining Telestudiyalar tizimlari va ilovalari kafedrasi tashabbusi bilan respublikamizda mashhur ssenarist-rejissyor Djasur Isxakov, kinodramaturg Mastura Isxakova hamda O‘zbekiston MTRKning atoqli suhandoni Nasiba Ibragimovalar bilan davra suhbati o‘tkazilib, ular tomonidan master klasslar tashkil etildi.

Muallif: .
“Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kursi
20.10.2017
Rukn: Tadbirlar.

2017-yil 30-oktabr – 1-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA)dan, 2 tomonlama Memorandum asosida, 9 kishidan tashkil topgan delegatsiya TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi soha korxonalari: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM”, “UNICON.UZ” markazlari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etilmoqda.

Muallif: .