Rukn «Tadbirlar»
Vazirlik tizimida bayram tadbirlari va faxriylar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
31.08.2017
Rukn: Tadbirlar.

Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan vazirlikka biriktirilgan, uzoq yillardan buyon ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yetakchi ilm-fan namoyandalariga hurmat-e’tibor ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish maqsadida, vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 6 nafar a’zosi, jumladan akademiklar – Musaxanov Mirzayusuf Mirzamaxmudovich, Abdullayev Djo‘ra Abdullayevich, Saidov Muxtor Safarbayevich, Kamilov Mirzayan Mirzaaxmedovich, Bekmuratov To‘lqin Fayziyevich, Radjabov Telman Dadayevichlarning xonadonlariga tashrif uyushtirildi.

Muallif: .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti soha oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishi muhokama qilindi
23.08.2017
Rukn: Tadbirlar.

22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yilda soha oldida turgan ustuvor vazifalar hamda ularning ijrosi muhokama qilindi. Hay’at yig‘ilishida vazirlikning hududiy boshqarma hamda tizimdagi muassasalarning joylardagi bo‘linmalari videokonferensaloqa yordamida qamrab olindi. Kun tartibiga ko‘ra, yig‘ilishda 5 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.

Muallif: .
Aloqa sohasida zangiotaliklarni qiynayotgan masalalar sayyor qabulda ko‘tarildi
10.08.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 8-avgust kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov, tuman hokimi Abduvahob Tamekayev, “O‘zbektelekom” AK Bosh direktori Shuhrat Qodirov hamda sohaning mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

Muallif: .