Rukn «Tadbirlar»
“Openbucks” asoschisi Mark Rochman O‘zbekiston IT-sohasi manfaatlarini jahon hamjamiyatiga taqdim qilish niyatida
26.03.2018
Rukn: Tadbirlar.

Mazkur masala bo‘yicha kelishuvga Amerika biznesmeni hamda elektron tijorat sohasidagi ekspertning O‘zbekistonga amalga oshirgan to‘qqiz kunlik tashrifi davomida erishildi. Tashrif yakuniga ko‘ra Innovatsiya markazi direksiyasining qarori bilan Mark Rochmanga Kremniy vodiysi va jahon IT-hamjamiyatida maxsus sertifikat bilan tasdiqlangan “MUIC elchisi” degan maqom berildi.

Muallif: .
Rossiya rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuv
23.03.2018
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Rossiya Federatsiyasining Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar boshqarmasi maslahatchisi Dmitriy Fatixov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muallif: .
AKT vaziri RF Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi
23.03.2018
Rukn: Tadbirlar.

21 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi. Unda, shuningdek, RFning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda RF Prezidenti boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Fatixov ham ishtirok etdi.

Muallif: .
Suv resurslarini barqaror boshqarishdagi yangi innovatsion yondashuvlar
22.03.2018
Rukn: Tadbirlar.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida o’tkazilgan tadbirlarda O’zbekistonning 5ta oliy ta’lim muassasasidan 150dan ortiq talaba va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlar fotosuratlar ko’rgazmasini, bahs-munozaralarni, video tanlovlarni, mutoyiba munozaralarini va innovatsion suv texnologiyalari ko’rgazmasi o’z ichiga oldi.

Muallif: .
TATUda viloyatlar kesimida soha korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
17.03.2018
Rukn: Tadbirlar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida universitet rahbariyati tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddi vakillari bilan universitetni bitiruvchi talabalarining uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Muallif: .