Rukn «Tadbirlar»
TATU magistri «Silk Way Startup» g‘olibi
03.05.2018
Rukn: Tadbirlar.

TATU 1-bosqich magistri Shuxrat Agzamov «Qo‘ldan boy berma» («не упусти») Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan davlatlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan neupusti.net (Qozog‘iston) ta’lim portali hamda GroundZero (O‘zbekiston) kovorking hamkorligida tashkil etilgan «Silk Way Startup» loyihasida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Muallif: .
TATUda «Favvora sayli»
03.05.2018
Rukn: Tadbirlar.

1-may kuni TATUda «Favvora sayli» o‘tkazildi. Shu kuni Audiovizual texnologiyalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan «Mening yurtim, mening Vatanim – jonajon O‘zbekistonim» deb nomlangan fotoko‘rgazma ham ochildi.

Muallif: .
Charity and Donation: yon-atrofga e’tiborli bo‘lish qiyin emas
02.05.2018
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari «Charity and Donation» nomli xayriya aksiyasini tashkil qildilar.

Muallif: .
Soha korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
28.04.2018
Rukn: Tadbirlar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «2018 yilda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularning xududiy bo‘limlari rahbarlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari talabalari bilan uchrashuv-muloqotlar o‘tkazish rejasi»ga muvofiq, 2018 yil 21-aprel kuni uch viloyat (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari) rahbar xodimlari va universitet talabalari bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.

Muallif: .
«Best IP — 2018″eng yaxshi intellektual mulk ob’ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi
27.04.2018
Rukn: Tadbirlar.

Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag’batlantirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko’maklashish, ilg’or texnologiyalarni tadbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo’llab-quvvatlash, eng yaxshi mulk ob’ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar yo’nalishlar bo’yicha «Best IP — 2018″eng yaxshi intellektual mulk ob’ekti uchun yillik tanlovi o’tkazilishini e’lon qilgan edi.

Muallif: .
Vazir Wargaming kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
26.04.2018
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev dunyoga mashhur «World of Tanks», «World of Warplanes», «World of Warships» kompyuter o‘yinlarini taqdim etgan «Wargaming» kompaniyasi (Belarus) vakillari bilan uchrashdi.

Muallif: .
AKT vazirligi va Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida bitim imzolandi
24.04.2018
Rukn: Tadbirlar.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida ikki mamlakat radioxizmatlari foydalanadigan 29,7 – 960 MGs radiochastota polosasidagi o‘zlashtirilgan radiochastotalarni o‘zaro muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha bitim imzolandi. Hujjat Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarori asosida ikki mamlakat hukumati o‘rtasidagi shu nomdagi amaldagi bitim doirasida tayyorlandi.

Muallif: .