Рубрика «Tadbirlar»
Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi Milliy ilmiy-ta’limiy forum
22.03.2016
Рубрика: Tadbirlar.

23-25 mart 2016 yil O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh VA NAShR ETTIRISh FAOLLIGI Milliy ilmiy-ta’limiy forumini tashkil etmoqda.

Автор: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
15.03.2016
Рубрика: Tadbirlar.

lib_15_03_2016

2016 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “YS – your school” ingliz tili so‘zlashuv klubining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni ommalashtirish va rivojlantirish markazi “YS – your school” tomonidan tashkil etilgan tadbirda ingliz tili so‘zlashuv klubining doimiy a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Автор: .
Ayol borki, olam munavvar
08.03.2016
Рубрика: Tadbirlar.

gis_8_03_2016

8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir Inspeksiya rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda Inspeksiya rahbariyati va xodimlari barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga gul va sovg‘alar ulashildi.

Автор: .
“Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi
27.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

el_27_02_2016

2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Автор: .
Lokal tarmoq xavfsizligini ta’minlash va boshqarish. Windows Server 2008R2/2012R2 operatsion tizimini ma’muriylashtirish asoslari
24.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

«O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» (TvaPRM) filialida joriy yilning 22 martidan 29 martigacha «Lokal tarmoq xavfsizligini ta’minlash va boshqarish. Windows Server 2008R2/2012R2 operatsion tizimini ma’muriylashtirish asoslari» dasturi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilinmoqda. Ushbu o‘quv kursida «BKM», «BRM» va «TTT» filiallaridan 2 nafardan, «TvaPRM», «TShTT», Toshkent, Namangan va Sirdaryo filiallaridan 1 nafardan lokal tarmoq administratorlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Автор: .
“E-YOSHLAR.UZ”da g‘olib chiqqan IUT talabasi — Koreyaga boradi!
23.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-yanvardagi 15-sonli bayoniga muvofiq yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan «e-yoshlar.uz» internet tanlovini o‘tkazish belgilangan edi. Joriy yilning fevral oyidan boshlab, www.e-yoshlar.uz veb-saytida tanlov e’lon qilindi. Tanlov shartlari bilan http://e-yoshlar.uz/uz/page/view?alias=about sayti orqali batafsil tanishish mumkin.

Автор: .