Рубрика «Tadbirlar»
Ravshan Irmatov – Huawei ning yangi brend-ambassadori
29.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

huawei_29_06_2016

O‘zbekistonning 9 karra yilning eng yaxshi arbitri, Osiyoning besh karra eng yaxshi arbitri, dunyo miqyosida yilning eng yaxshi arbitri yo‘nalishida «Global Soccer Awards» mukofotiga sazovor bo‘lgan Ravshan Ermatov Huaweining brend-ambasadorlari safiga qo‘shildi. Odilona hakamlik qilishi butun dunyo muhlislarida hurmat uyg‘otuvchi O‘zbekistonlik arbitr brendning yangi vakili bo‘ldi.

Автор: .
Axborot texnologiyalari vazirligi davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha trening o‘tkazmoqda
22.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

min_22_06_2016

2016-yil 20-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistondagi davlat organlari xodimlari uchun biznes-jarayonlarining reinjiniringi bo‘yicha trening boshlandi. Trening ishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, “UNICON.UZ” DUK hamda “UZINFOCOM” Markazi xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Автор: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchi davlatlarining tarixi va madaniyati bilan tanishtiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi ochildi
22.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

lib_22_06_2016

Kutubxona foydalanuvchilari va mehmonlarini Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchi davlatlarining boy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mamlakatlar tarixi, geografik o‘rni, diqqatga sazovor joylari, madaniyati, adabiyoti hamda milliy va madaniy an’analari va udumlari haqida hikoya qiluvchi, shuningdek, ularning go‘zal manzarasini tasvirlovchi kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. Mamlakatlar va xalqlarning boy an’analari bilan tanishtiruvchi kitoblar bilan bir qatorda, ko‘rgazmada davlat va jamoat arboblarining memuarlari ham o‘rin olgan.

Автор: .
Oq yo‘l, Sizga magistrlar!
12.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

tuit_11_06_2016

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2016-yil 11-iyun kuni magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Har o‘quv yilida magistrlarga diplom topshirish marosimi universitetda tantanali ravishda, bayramona ruhda o‘tkaziladi. Bu yil ham an’anaga sodiq qolgan holda, ushbu marosim tantanali bayramona ruhda tashkil etildi.

Автор: .
Osiyo taraqqiyot banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv
12.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

gov_11_06_2016

2016 yil 7 iyun kuni “Elektron hukumat” markazida Osiyo Taraqqiyot Bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti Ijtimoiy sektor yo‘nalishidagi Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassisi Megan Kaunhen xonim boshchiligidagi Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash sohasiga oid loyihalarni rivojlantirish va kelgusidagi texnik ko‘mak masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Автор: .
Toshkent аxborot texnologiyаlаri universiteti rektori Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji talabalari bilan uchrashdi
10.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

tuit_10_06_2016

Toshkent аxborot texnologiyаlаri universiteti rektori U.R.Xamdamov boshlichiligidа universitetning «Kompyuter injiniringi”, «Dasturiy injiniringi”, «Telekommunikatsiya texnologiyalari”, «Televizion texnologiyalar”, «AKT sohasida kasb ta’limi” hamda «AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakultet dekanlari va dekan muovinlari hamda fakultet mas’ul xodimlari bilan birgalikda, Akаdemik litsey vа kаsb-hunаr kollejlаri ishlаri bo‘limi tomonidаn 3 iyun kuni Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kollej o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkаzildi. O‘tkаzilgаn uchrashuvda universitet rektori universitet tarixi haqida, mavjud fakultetlar va chet mamlakatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik haqida qisqacha ma’ruza qildi.

Автор: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rus shoiri A.S.Pushkin ijodiga bag‘ishlangan onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi
09.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

lib_9_06_2016

2016 yil 3 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rus shoiri A.S.Pushkin tavalludining 217 yilligiga bag‘ishlangan onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi. “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning taniqli shoir va yozuvchilari, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari, Toshkent shahridagi 50-maktab o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Автор: .
Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha biznes jarayonlar reinjiniringi uchun turli imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati
08.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

gov_8_06_2016

Joriy yilning 7 iyun kuni «Elektron hukumat» markazida O‘zbekistonda mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish bilan bog‘liq biznes jarayonlar reinjiniringi o‘tkazish uchun turli imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Автор: .
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini mavzusida uchrashuv
06.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

gov_6_06_2016

Joriy yilning 3 iyun kuni “Elektron hukumat” markazida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “LG SNS UZBEKISTAN” qo‘shma korxonasi vakillari bilan hamkorlikda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini”ni yaratish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Автор: .