Рубрика «Tadbirlar»
Qonunchilik palatasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish dasturining borishi to‘g‘risida eshituv bo‘lib o‘tdi
28.07.2016
Рубрика: Tadbirlar.

2016 yil 28 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishning borishi to‘g‘risida»gi axboroti eshituvi o‘tkazildi.

Автор: .
Xorij bilan hamkorlik natijalari
21.07.2016
Рубрика: Tadbirlar.

tuit_21_07_2016_4

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 62 ga yaqin hamkorlik Shartnomasi, Kelishuv va Memorandumlari asosida 25 davlatning (Janubiy Koreya, Rossiya, Malayziya, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Astriya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya) 42 ta universiteti, 8 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 12 tashkilot va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatgan. 2014-2016 yillarda universitetning jami 94 nafar professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari malaka oshirish kurslarida malakalarini oshirib, orttirilgan tajriba, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda faol ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, universitet tomonidan so‘nggi yillarda 25 nafar talaba magistraturaga hamda 5 nafar o‘qituvchilar doktoranturaga o‘qishga yuborildi.

Автор: .
TATUda professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursining birinchi moduli yakunlandi
21.07.2016
Рубрика: Tadbirlar.

tuit_21_07_2016

20 iyul kuni Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha TATU va Janubiy Koreyaning Sungshil universiteti bilan tuzilgan Memorandumga asosan, universitetga tashrif buyurgan 3 nafar professorlar: Yu Kvang Bok, Li Kang Hi va Cho Munlar boshchiligida 4 iyul kuni boshlangan malaka oshirish kursining birinchi moduli yakunlandi. Ikki haftalik trening kurslarida ishtirok etgan TATU va uni hududiy filiallarining 30 nafar o‘qituvchilari kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.Hamkorlik doirasidagi ushbu trening kursining ikkinchi moduli 20 iyuldan boshlandi. Ushbu kursda ham 30 nafar o‘qituvchilarning malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.

Автор: .
NIPA tashkiloti prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
16.07.2016
Рубрика: Tadbirlar.

nipa_16_07_2016

2016 yilning 14 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Milliy agentligi (NIPA) prezidenti Yun Jong Lok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. NIPA delegatsiyasi poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan ochiq va erkin dasturiy ta’minot mahsulotlariga bag‘ishlangan O‘zbek-Koreya forumi munosabati bilan yurtimizga tashrif buyurgan.

Автор: .
Ravshan Irmatov – Huawei ning yangi brend-ambassadori
29.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

huawei_29_06_2016

O‘zbekistonning 9 karra yilning eng yaxshi arbitri, Osiyoning besh karra eng yaxshi arbitri, dunyo miqyosida yilning eng yaxshi arbitri yo‘nalishida «Global Soccer Awards» mukofotiga sazovor bo‘lgan Ravshan Ermatov Huaweining brend-ambasadorlari safiga qo‘shildi. Odilona hakamlik qilishi butun dunyo muhlislarida hurmat uyg‘otuvchi O‘zbekistonlik arbitr brendning yangi vakili bo‘ldi.

Автор: .
Axborot texnologiyalari vazirligi davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha trening o‘tkazmoqda
22.06.2016
Рубрика: Tadbirlar.

min_22_06_2016

2016-yil 20-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistondagi davlat organlari xodimlari uchun biznes-jarayonlarining reinjiniringi bo‘yicha trening boshlandi. Trening ishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, “UNICON.UZ” DUK hamda “UZINFOCOM” Markazi xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Автор: .