Рубрика «Tadbirlar»
“Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi
27.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

el_27_02_2016

2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Автор: .
Lokal tarmoq xavfsizligini ta’minlash va boshqarish. Windows Server 2008R2/2012R2 operatsion tizimini ma’muriylashtirish asoslari
24.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

«O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» (TvaPRM) filialida joriy yilning 22 martidan 29 martigacha «Lokal tarmoq xavfsizligini ta’minlash va boshqarish. Windows Server 2008R2/2012R2 operatsion tizimini ma’muriylashtirish asoslari» dasturi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilinmoqda. Ushbu o‘quv kursida «BKM», «BRM» va «TTT» filiallaridan 2 nafardan, «TvaPRM», «TShTT», Toshkent, Namangan va Sirdaryo filiallaridan 1 nafardan lokal tarmoq administratorlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Автор: .
“E-YOSHLAR.UZ”da g‘olib chiqqan IUT talabasi — Koreyaga boradi!
23.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-yanvardagi 15-sonli bayoniga muvofiq yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan «e-yoshlar.uz» internet tanlovini o‘tkazish belgilangan edi. Joriy yilning fevral oyidan boshlab, www.e-yoshlar.uz veb-saytida tanlov e’lon qilindi. Tanlov shartlari bilan http://e-yoshlar.uz/uz/page/view?alias=about sayti orqali batafsil tanishish mumkin.

Автор: .
Sog‘lom ona va bola – mamlakatimiz tayanchi
23.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

sog_23_02_2016

Prezidentimiz Islom Karimovning taklifi bilan 2016-yil mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilindi
“Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Davlatimiz rahbarining 1994-yil 2-may kuni O‘zbekistonning birinchi davlat mukofoti – “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida aytgan ushbu teran ma’noli so‘zlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni ma’naviy va jismoniy tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishda asosiy yo‘nalishni belgilab berdi.

Автор: .
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish
19.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

biz_19_02_2016

2016-yil 18-fevral kuni “Elektron hukumat” (http://egovernment.uz) tizimini takomillashtirish markazida Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) texnik ko‘magi asosida tatbiq etilayotgan “Samarali davlat boshqaruvi uchun e-hukumat” loyihasi doirasida tashkillashtirilgan Ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Loyihaning asosiy maqsadi biznes jarayonlarni takomillashtirish va biznes faoliyatini ro‘yxatga olish, mulkni ro‘yxatga olish hamda davlat xaridlari kabi sohalarda interfaol onlayn xizmatlarini yaratishdan iborat.

Автор: .
«Eko-monitoring» dasturi ishlab chiqildi
18.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

eko_18_02_2016

O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Matematika instituti dasturchilari «Eko-monitoring» dasturini ishlab chiqdilar. Mazkur dastur O‘zbekistonning sanoat regionlarida ishlab chiqarish ob’ektlaridan atmosferaga chiqarib tashlanayotgan zaharli zarrachalarni tarqalish jarayonining ekologik holatini monitoring qilish va bashoratlash uchun mo‘ljallangan.

Автор: .
TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi
16.02.2016
Рубрика: Tadbirlar.

tatu_16_02_2016

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2016-yil 16-fevral kuni O‘zbekistonda yoshlarga oid Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturining bajarilishi yuzasidan TATUda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan «Yil sarhisobi” deb nomlangan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Автор: .