Rukn «Tadbirlar»
Obod qishloq — zamonaviy aloqa liniyalari!
23.08.2019
Rukn: Tadbirlar.

O‘zbekiston Respubilkasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq dasturi to‘g‘risida”gi 5386-sonli Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019-yilda respublika mahallalari va qishloqlari aholisining turmush darajasini tubdan yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Har bir tumanda aholining turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash, qishloq, mahalla va uylarning qiyofasini zamonaviylashtirish va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Muallif: .
Milliy axborot makonini rivojlantirishda jurnalistika sohasining ustuvor vazifalari muhokama etildi
23.08.2019
Rukn: Tadbirlar.

2019-yil 22-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda “Milliy axborot makonini rivojlantirishda jurnalistika sohasining ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Muallif: .
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i V Xalqaro armiya o‘yinlarini namoyish etdi: O‘zbekiston 2 ta g‘alaba va 9 ta sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi
22.08.2019
Rukn: Tadbirlar.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i V Xalqaro armiya o‘yinlarining barcha musobaqalari translyatsiyasini namoyish etib, ushbu musobaqalar bir vaqtning o‘zida jahonning 10 ta mamlakati 21 ta poligonida joriy yil 3-avgustdan 17-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston o‘z hududida musobaqalar bo‘lib o‘tgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Harbiy jamoalar bellashuvlarining 20 dan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalari Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy guruhida 5 mln. marta tomosha qilindi. Xalqaro armiya o‘yinlari jonli efirlari ijtimoiy tarmoqda ketma-ket ikkinchi yil eksklyuziv tarzda namoyish etilmoqda.

Muallif: .
LBMA investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimini joriy etmoqda
21.08.2019
Rukn: Tadbirlar.

Respublika rahbariyati tomonidan loyihalarni jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida LBMA «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat qilish va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — tizim) joriy etmoqda, bu esa respublika bo‘yicha investitsiya va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Investitsiya va mahalliy dasturlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qilish imkonini beradi. Loyiha doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish ham rejalashtirilgan.

Muallif: .
Paralimpiyachilar kibersportda bellashishdi
20.08.2019
Rukn: Tadbirlar.

Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga qaratilgan beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi korxona va tashkilotlari turli tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Muallif: .