Rukn «Sharh va fikr-mulohazalar»
Classmate PC maktab kompyuteri InfoCOM.UZ jurnali tahririyatida
13.09.2007
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
Bolalar uchun yuz dollar turadigan mexanik tarzda burab ishga solinadigan noutbuk to’g’risida kimlar yozmadilar deysiz, haqiqatan ham One Laptop Per Child (OLPC «Har bir bolaga — bir noutbukdan») tashabbusi faqat ushbu tashabbus o’ylab topilgan dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida emas, balki barcha ota-onalar va bolalarning tasavvurini hayajonlantiradi. OLPC tashabbusi to’g’risida birinchi bor 2005 yilda, O’zbekiston delegasiyasi axborot hamjamiyati bo’yicha BMT sammitidan (WSIS) haytib kelganida yozgan edik. Ushbu sammit 2005 yilda Tunisda bo’lib o’tganligi va unda amerikalik olim Nikolas Negroponte loyihasi qo’llab-quvvatlanganligi eslatib o’tamiz. U rahamli tengsizlik bilan kurashish uchun arzon-xalq kompyuterini yaratishni qz maqsadi qilib qo’yadi. Ko’plab mamlakatlardan boshqa olimlar bilan birgalikda ha mkorlikda u 100 dollarni kompyuter namunasini yaratdi.

Muallif: .
Ta’lim -fan-ishlab chiqarish tizimini mukammallashtirish muhim masala
04.07.2007
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
O‘tgan asrning 50-60 yillari jahon ta’lim sohasining rivojida alohida o‘rin tutgan. Ta’lim ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy omili va uni egallashga har bir fuqaro huquqli deb qabul qilingan. Shu tariqa jamiyatda oliy ma’lumotga bo‘lgan ehtiyoj va intilish o‘sib boravergan. Oliy o‘quv yurti jamiyatning ishlab chiqarish bilan bir qatordagi bo‘lagiga aylanaborgan.

Muallif: Nigmatulla Mo'minov.
TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING JORIY ETILISHI
01.07.2007
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
Pedagogik va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ta’lim vositalarining yangi avlodi va ta’limning so‘nggi turlari ko‘rinishida o‘z mohiyatiga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilayotgan an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha o‘quv vositalari deb hisoblangan barcha multimedia o‘quv uslubiy elektron mahsulotlar shular jumlasidandir. O‘quv-uslubiy elektron mahsulotlarning imkoniyatlari va kiritilgan ma’lumotlar asosida turlarga ajratish mumkin.

Muallif: Nodir Boltaev, Erkin Hasanov.
MALAKALI KADRLAR TARAQQIYOT GAROVI
03.05.2007
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU) qoshida «Kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish markazi» faoliyat yuritib kelmoqda. Muxbirimiz markaz direktori, texnika fanlari doktori, professor Ne’matilla Abdullaevich Mo‘minov bilan suhbatda bo‘ldi. E’tiboringizga ana shu suhbatni havola etmoqdamiz.

Muallif: .
QUTLUG’ SANAGA BAG’ISHLANGAN POCHTA MARKASI MUOMALADA
26.11.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
Davlat bayrog’i — davlatning asosiy ramzlaridan biridir. Mamlakatimizda 18 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun deb belgilangan. Bu yil ushbu kun alohida tarixiy sana — Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 15 yilligi sifatida keng nishonlanmoqda. Ma’lumki, bayroqning sxematik va rang tasviri «O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida»gi qonunda tasdiqlangan.

Muallif: .
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIMDAGI O‘RNI
04.10.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
Hozirgi davrda ta’limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, mana shu sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta’limning imkoniyatlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Internet leptoplar ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. O‘zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta’lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog‘liq.

Muallif: Karima Tulenova.
Masofali ta’lim shakllanishi va istiqboli
13.09.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

pic
Pedagogika fani, bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliyot sohasi kabi jahon rivojlanish umumiy tendensiyalari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. Shuning uchun kasbiy-pedagogik ta’lim chet el tajribalarini o‘rganish, uni ilmiy tushunish, ilg‘or g‘oyalardan milliy ta’lim amaliyotida foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash sohasidagi pozitiv jahon tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha elementlariga taalluqli va uning rivojlanishi omillaridan biri hisoblanadi». Shu bilan birga milliy g‘oyalar va an’analarda qurilgan ta’lim har doim milliy rivojlanish masalalariga javob berishini esda tutish kerak.

Muallif: Narzulla Muslimov.