Рубрика «Mobil aloqa»
UZMOBILE GSM tarmog‘iga bir yil!
15.04.2016
Рубрика: Mobil aloqa.

mob_15_04_2016

Bugun “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE filiali GSM tarmog‘i ishga tushirilganiga bir yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan, UZMOBILE xodimlari ishtikrokida filial majlislar zalida tadbir uyushtirildi. Mobil aloqa milliy operatorining GSM standartidagi yillik faoliyati natajalari, hamda mazkur yilga mo‘ljallangan rejalar e’lon qilindi.

Автор: .
Mobil aloqa operatorlar va kontent-provayderlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
28.03.2016
Рубрика: Mobil aloqa.

gis_28_03_2016_1

Abonentlar tomonidan taqdim etilayotgan kontent xizmatlar sifati bo‘yicha murojaatlar soni, ya’ni kontent-proyvaderlar tomonidan yuboriladigan SMS xabarlarda ko‘ngilochar xizmatlarni ishga tushirish/o‘chirish va mazkur xabar jo‘natuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mavjud emasligi haqidagi mavhum SMS-jo‘natmalar to‘g‘risidagi shikoyatlar ko‘payib borayotganligi hamda mobil aloqa operatorlari tarmoqlari orqali xizmatlar taqdim etib kelayotgan kontent-provayderlar O‘zbekiston Respublikasining qonun va me’yoriy hujjatlar talablari asosida o‘z faoliyatlarini tashkil qilishi yuzasidan 2016 yil 18 martda Inspeksiyada mobil aloqa operator va kontent-provayderlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Автор: .
Mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi
05.02.2016
Рубрика: Mobil aloqa, Yangiliklar.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Mobil aloqa tizimlari monitoringi va radiochastotalardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha 2015 yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili o‘tkazildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, mobil aloqaning 2G, 3G va 4G hamda CDMA tarmoqlarida ishga tushirilgan tayanch stansiyalar soni o‘sish so‘ratlari mavjudligi kuzatildi.

Автор: .
“UNITEL” va “COSCOM” MChJ mobil aloqa operatorlarining mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralar qo‘llanildi
02.12.2015
Рубрика: Mobil aloqa.

Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (Inspektsiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 4 ta mobil aloqa operatorlariga kelgusida tarmoqni rivojlanishtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishiga e’tibor qaratishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

Автор: .
“Beeline” “Va4ach” tezkor milliy messenjerni ishga tushirmoqda
01.12.2015
Рубрика: Mobil aloqa.

beeline_1_12_2015

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Va4ach eng yangi mobil ilovasining ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Dastur milliy messenjerni ifodalaydi – WhatsApp, Viber va Telegram kabi ommabop servislarning milliy analogi bo‘lib, bugungi kundan boshlab barcha “Beeline” abonentlari Android OT “Google Play” do‘konidan ilovani yuklab olishlari mumkin.

Автор: .
“UNITEL” MChJning ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi
11.11.2015
Рубрика: Mobil aloqa.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya)ning qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishlariga asosan Farg‘ona viloyati hududidagi “UNITEL” MChJning qurilishi tugallangan 5 ta ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish yuzasidan topshirilgan hujjatlari Inspeksiyaning Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan joriy yilning oktabr oyi davomida tahlil qilindi va ob’ektlar joyiga chiqib o‘rganildi. Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Автор: .
Nokia 1100 — jahonda eng ko‘p sotiladigan telefon
04.11.2015
Рубрика: Mobil aloqa.

nokia_4_11_2015

Qaysi mobil telefoni jahonda eng ko‘p sotiladigan telefon hisoblanadi deb o‘ylaysiz? Apple iPhone 6 71,5 mln. nusxada ishlab chiqilib, bozorda uch oy mobaynida sotilganini bilasizmi? Phone Arena resursi ma’lumotlariga muvofiq, mazkur rekord qo‘ygan qurilmaning 250 million donasi zamonaviy raqamli elektronika bozorida besh yil mobaynida sotildi. Gap, 2003-yilda ishlab chiqilib, 2009-yilda sahnadan tushgan oddiy Nokia 1100 «trubkasi» ustida bormoqda. Bundan tashqari, aynan, o‘sha vaqtda, mazkur model o‘z tarixida Nokia telefonining milliardinchisini sotgandi.

Автор: .