Nashrga topshirildi №3

Arxivlar

Hamjamiyatlar

Forumda muhokama qilish Biz Facebookda Biz Twitterda

“Bilayn”da amaliyot: “Uchinchi avlod-2012” dasturi boshlandi!

28.03.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton MCHJ QK) “Uchinchi avlod-2012” dasturi boshlanganligini e’lon qiladi. “Bilayn”da amaliyot – bu oxirgi kurs talabalari hamda bitiruvchilar uchun o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rish va eng yirik xalqaro telekommunikatsion kompaniyada faoliyat boshlash uchun ideal imkoniyat.

“Bilayn” $0,15 evaziga eng yaxshi ijtimoiy tarmoqqa sutka davomida kirishni taqdim qiladi

27.03.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Barcha tarmoq ichida” xizmatini ishga tushirdi. Endilikda kompaniya abonentlari sutka javomida cheklashlarsiz “Odnoklassniki”, “Moy Mir”, “Vkontakte”, Facebook, Olam.uz va Cafe.zorzor.uz ijtimoiy tarmoqlarning mobil versiyasida muloqot qilishlari mumkin.

Beeline Business “3G Wi-Fi router Bilayn”ni taqdim qiladi

21.03.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) Internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta uskunadan ulanishning yangi imkoniyatini taqdim qiladi.

“Ooo! Bonus!” aksiyasi – har hafta bayram

20.03.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Ooo! Bonus!” aksiyasini o‘tkazmoqda. Endilikda “O!” tarifiga ulangan abonentlar balanslarini shanba va yakshanba kunlari istalgan summada to‘ldirganlarida to‘lov summasining yarmini qo‘lga kiritadilar. Bonus tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar, SMS hamda mobil Internet uchun sarflanadi.

“3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” endilikda korporativ mijozlarga ham amal qiladi

16.03.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” – Internet tarmog‘iga simsiz keng polosali ulanish uchun yangi usukunani taqdim etadi.

O‘zbekistonda “Bilayn” 2011 yilni asosiy ko‘rsatkichlarni ikki xonali o‘sish bilan yakunladi

13.03.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

O‘tgan yilda “VimpelKom”ning O‘zbekistondagi daromadi 277 mln AQSH dollarini tashkil qildi. IV chorakda mobil ma’lumotlar yetkazish xizmatlaridan tushgan daromadning jiddiy o‘sishi fonida barcha muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy dinamika bilan bir qatorda abonent bazasining o‘sishi davom etdi (2010 yilning xuddi shu davriga nisbatan 151% ga).

Beeline Clubning Silver darajasidagi ishtirokchilarida 39 ta hamkorda bonusli ballarni chegirmalarga almashtirish imkoni bor

9.03.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) bonus dasturining Silver darajadagi ishtirokchilariga chegirma beruvchi Beeline Club hamkorlarining ro‘yxati kengayganligi haqida e’lon qiladi.

“Bilayn” Fransiya va Chexiyada CAMEL-roumingni rivojlantirmoqda

29.02.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) CAMEL-rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Bouygues Telecom (Fransiya) va T-Mobile (Chexiya) kompaniyalari bilan hamkorlik qilish bitimlari imzolandi.

Nokia Yevropada tеlеfonlar yig‘ishdan to‘la voz kеchadi

29.02.2012. Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Yil oxirigacha Nokia tеlеfonlarni Yevropada yig‘ishni to‘la to‘xtatishini va uni Osiyoga ko‘chirib kеlishni rеjalashtirmoqda. Qattiq raqobatchilik va xarajatlarni qisqartirish zaruriyati Finlyandiyalik ishlab chiqaruvchini shunday yo‘l tutishga majbur etmoqda.

MTS «Bolalar Intеrnеtda» fеdеral dasturini yo‘lga qo‘ydi

28.02.2012. Rukn: Mobil aloqa

«Мобильные ТелеСистемы» (MTS) kompaniyasi bolalarning mobil va qayd etilgan intеrnеtdan foydalanishlari xavfsizligini oshirish bo‘yicha «Bolalar Intеrnеtda» komplеks fеdеral dasturini amalga oshirishini e’lon qildi. Dastur doirasida MTS Rossiya Fеdеratsiyasi mintaqalarida «Родительский контроль» va «Antivirus» sеrvisini ishga tushiradi va maktab o‘quvchilari uchun intеrfaol ta’lim tadbirlari sеriyasini yo‘lga qo‘ydi.