Rukn «Mobil aloqa»
May oyining birinchi yarmida butun O‘zbekiston bo‘ylab 110 obyektda UZMOBILE 279 dan ortiq yangi baza stansiyalari foydalanishga topshirildi
20.05.2019
Rukn: Mobil aloqa.

«O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali UZMOBILE GSM tarmoqlarini keng miqyosda kengaytirishda davom etmoqda. May oyining birinchi yarmida butun O‘zbekiston bo‘ylab 110  obyektda UZMOBILE GSM 2G, 3G va 4G texnologiyalari bo‘yicha  279 dan ortiq yangi baza stansiyalari foydalanishga topshirildi.

Muallif: .
O‘z smartfonimizni o‘lkamiz jaziramasidan qanday asrash kerak?
13.05.2019
Rukn: Mobil aloqa.

Hozir faqat may oyining o‘rtasida turibmiz, biroq O‘zbekistonda jazirama issiqlik deyarli yoz faslidagidek. Yoz – bu juda ko‘p quyoshli kunlar va uning issiq taftidan zavqlanish mumkin bo‘lgan fasldir. Biroq gadjetlarimiz uchun bizning mamlakatimizda – bu butunlay boshqa holat. Agar smartfoningiz juda qizib ketsa, undagi biror qismi ishdan chiqishi mumkin. Agar hozir hech narsa bo‘lmasa ham, uning xizmat muddati qisqarishi mumkin – elektron qurilmalar issiqni yoqtirmaydi.

Muallif: .
UZMOBILE GSM tarmog‘ining 4 yilligi: tariflarning kengayishi, tezlashishi va katta yangilanishlar!
18.04.2019
Rukn: Mobil aloqa.

2015-yil 15-aprel kuni UZMOBILE O‘zbekiston Milliy mobil aloqa operatori GSM standarti tarmog‘ini tijorat foydalanishga topshirish haqida e’lon qilgandi. 2015-2018 yillarda butun O‘zbekiston bo‘ylab katta miqyosli tarmoqlarni qurish va kengaytirish ishlari olib borildi. Kompaniya ikki tarmoq – UZMOBILE CDMA-450 va UZMOBILE GSM tarmoqlarini rivojlantirishni davom ettirmoqda. «O‘zbektelekom» AK mobil aloqa operatori UZMOBILE to‘rt yilligini a’lo natijalar bilan kutib olmoqda va 2019-yil rivojlanish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Muallif: .
UZMOBILE 2019-yil uchun rivojlanish rejalarini taqdim etdi
02.04.2019
Rukn: Mobil aloqa.

30-mart kuni Aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan “Respublikamiz hududlarida mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi mavzuda matbuot anjumani o‘tkazildi.

Muallif: .
Navoiy Xalqaro aeroportida 3G/4G va Qcell (Lamp Site) texnologiyalari boʻyicha yangi baza stansiyalari oʻrnatildi
23.02.2019
Rukn: Mobil aloqa.

Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xalqaro aeroportlarda sayohatchilarni birinchi navbatda, ishonchli aloqa va yuqori tezlikdagi Internet mavjudligi qiziqtirmoqda. “Oʻzbektelekom” AK “OʻzMobayl” filiali tomonidan “Navoiy” Xalqaro aeroportida 3G/4G texnologiyasidan foydalangan holda baza stansiyalarni oʻrnatish va sozlash ishlari yakunlandi.

Muallif: .