Androidlar “yurishiga” tayyorlaning!
24.12.2009
Rukn: Tanlovga yuborilgan maqolalar.
Qo’lingizdagi mobil telefonga qarang. Uning qanday dasturda ishlayotganini bilasizmi? Agar siz mutaxassis yoki mahoratli foydalanuvchi emas, balki oddiy o’rtamiyona foydalanuvchi bo’lsangiz, aminmanki bu haqda o’ylab ham ko’rmagansiz. Holbuki qo’lingizdagi mobil telefonning narxi bir jihatdan unda ishlayotgan operatsion sistemaga ham bog’liqdir. Telefoningizda ishlayotgan dasturiy ta’minot nafaqat uning narxiga, balki telefonning boshqa xususiyatlari va qulayliklarini ham belgilab beradi.