Рубрика «Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar»
Toshkentda «salmoqli ma’lumot va bulutli hisoblash» texnologiyasi muhokama markazida
19.06.2018
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

Bugun poytaxtimizda Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari uchun «Salmoqli ma’lumot va «bulutli hisoblash»» mavzusida hududiy seminari ish boshladi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Автор: .
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati
11.06.2018
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2018-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari ko‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suxbatida tegishli davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari mutasaddilari hamda manfaatdor shaxslar ishtirok etdilar.

Автор: .
Axborot va jamoat xavfsizligi markazi rahbariyati va mutaxassislarining Moskva shahriga tashrifi: “Jet Security Conference 2018”
06.06.2018
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi mutaxassislari direktor o’rinbosari R.Yunusov boshchiligida 2018 yil 30 may kunidan e’tiboran Moskva shahrida axborot xavfsizligini ta’minlash borasida mannfaatdor kompaniyalar bilan tanishuv muzokaralarini olib bordi.

Автор: .
Global tarmoqda diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishga qaratilgan tahliliy qarashlar
31.05.2018
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

«Global tarmoqda diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishga qaratilgan tahliliy qarashlar» mavzusida joriy yilning 29-may kuni O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Poytaxt” biznes markazida markaziy OAVda hamda internet saytlarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Автор: .
AKT sohasining holati va istiqboli #MITCROADMAP2018 anjumanida muhokama qilindi
22.05.2018
Рубрика: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2018 yilning 22 mayida Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining #MITCROADMAP2018 anjumani tashkil qilindi. Anjumanda 2018-2019 yillarda O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan dolzarb masalalar, AKT sohasi, IT-ta’lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar o‘rtaga tashlandi.

Автор: .
An’anaviy “Google I/O 2018 Extended”da 200 ga yaqin yosh IT-mutaxassislar ishtirok etdilar
19.05.2018
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2018-yil 19-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da an’anaviy “Google I/O 2018 Extended” konferensiyasi o’tkazilib, unda yosh mutaxassislar “Google” kompaniyasining so’nggi dastur ishlanmalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi eng so’nggi rivojlanish tendensiyalari bilan tanishdilar.

Автор: .
«Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar
19.05.2018
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

Joriy yilning 18 mayi kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlarning yoshlariga qaratilgan “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Автор: .
TATUda Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) hamkorligida «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» mavzusida o‘quv-trening kurslari o‘tkazildi
16.05.2018
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2018-yil 15-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) bilan imzolangan Memorandum asosida, TATU professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» mavzusida o‘quv-trening kurslari o‘tkazildi.

Автор: .