Рубрика «Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar»
Xalqaro intellektual mulk kuni va «YANGI INTELLEKT-2017» — eng yaxshi intellektual mulk ob’ekti uchun tanloviga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi
27.04.2017
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2017 yil 26 aprel kuni Toshkent shahridagi «Radission Blu» mehmonxonasida Xalqaro intellektual mulk kuni va «YANGIINTELLEKT-2017» — eng yaxshi intellektual mulk ob’ekti uchun tanlovga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Автор: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yig‘ma elektron katalog dasturining afzalligi va qulayligi” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
22.04.2017
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2017 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yig‘ma elektron katalog dasturining afzalligi va qulayligi” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlari ARMlarini yig‘ma elektron katalogda ishtirokini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi axborot-resurs markazlarining rahbar va xodimlari va Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi xodimlari qatnashdilar.

Автор: .
Haftalik kollegial seminar: muvaffaqiyatlar barobarida muammolar ham muhokama etilmoqda
22.04.2017
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi qoshidagi ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida 2017 yil 20 aprelda navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlarining AKT joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘linmalarning rahbarlaridan tashqari, xo‘jalik boshqaruv organlarining AKTga mas’ul xodimlari qatnashishdi.

Автор: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning ma’naviy jihatdan foydali va zararli tomonlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
15.04.2017
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2017 yil 14 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning ma’naviy jihatdan foydali va zararli tomonlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tutish, shaxsiy axborotni, jumladan shaxsiy foto va video fayllar joylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish, axborotni ximoya qilish, boshqa shaxslarga tegishli axborotni tarqatishda nimalarga e’tibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan axborotlarning ishonchiligini tekshirish lozimligi xaqida fikrlar yuritildi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari ishtirok etdilar.

Автор: .
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirish bo‘ycha seminar bo‘lib o‘tdi
11.04.2017
Рубрика: Yangiliklar, Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

2017 yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirishga qaratilgan “Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda axborot xavfsizligiga rioya qilish qoidalari (davra.uz – ijtimoiy tarmog‘i misolida)” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Автор: .
“Kaspersky Lab” mutaxassisi IUTda kibertahdidlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi
11.04.2017
Рубрика: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da «Laboratoriya Kasperskogo» (Kaspersky Lab) kompaniyasi tomonidan “Markaziy Osiyoda kibertahdidlar landshafti” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Ma’lumki mazkur kompaniya axborot xavfsizligi sohasida ishlaydigan dunyodagi eng yirik xususiy kompaniyalardan biridir.

Автор: .