Rukn «Internet»
WordPress uchun ommalashgan plaginida XSS-ning zaifligi saytlarni buzish uchun ishlatilgan
15.03.2019
Rukn: Internet.

Defiant kompaniyasining mutaxassislari 20 000 saytga oʻrnatilgan Abandoned Cart Lite for WooCommerce plagindagi XSSning zaifliklari kiberjinoyatchilar tomonidan foydalanishlari haqida ogohlantirishmoqda. Ushbu plagin administratorlarga va boshqa imtiyozga ega foydalanuvchilarga xaridorlarning “yodidan chiqqan” mahsulotni, sotib olishga ulgurmagan va boshqa sababdan uni tashlab qoʻygan boʻlsa, xaridorlarning “yodidan chiqqan” mahsulotlarini koʻrishga imkon beradi. Xuddi shu tarzda toʻplangan maʼlumotlar, ommabop mahsulotlar va boshqa tahliliy roʻyxatni shakllantirish uchun ishlatishi mumkin.

Muallif: .
«Internet ashyo»ning rivojlanish istiqbollari
15.02.2019
Rukn: Internet.

Insoniyat o‘z tarixi davomida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan: birinchisi – yozuvning kashf qilinishi, ikkinchisi – kitob bosishni kashf qilinishi va uchinchi axborot inqilobi – Internet.Hozirda Internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun oddiy holdir. Hattoki, hukumat ham o‘z vazifalarining muayyan bir qismini Internet orqali bajarmoqda. Global tarmoqning imkoniyati bu bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. Nafaqat insonlar, balki insoniyatning kashfiyoti hisoblanmish turli xil maishiy texnikalar ham hozirgi kunda Internetdan foydalanmoqda. Shu sababli ham axborot texnologiyalari sohasiga «Internet ashyo» atamasi kirib keldi.

Muallif: .
Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishga tushirildi
15.11.2018
Rukn: Internet.

Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishlashni boshladi. Bu yerda insonlar qo‘shnilar bilan o‘z tumani yangiliklarini muhokama qiladilar, e’lonlarni joylashtiradi, yaqin-atrofdagi qiziqarli hodisalar haqida bilib oladilar. Bungacha xizmat faqat Rossiyada Yandex.Tuman (Yandex.Rayon) nomi bilan faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Muallif: .