Rukn «Aloqa va telekommunikatsiyalar»
Antonio Meuchchi – dastlabki telefon ixtirochisi
27.10.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

ant_27_10_2016

Har safar mamlakatimiz “Aloqa tarixi muzeyi” zallarini aylanganimizda muzey mutaxassis-xodimlarining o‘z faoliyatlarini mazmun-mohiyat jihatidan boyituvchi materiallar va eksponatlar bilan to‘ldirib borish hamda aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ma’naviy-madaniy tarbiya berish ishiga o‘z hissalarini qo‘shishdek sharafli vazifalarini faol amalga oshirayotganliklariga guvoh bo‘lamiz.

Muallif: Tohirjon Nazarjonov, Abdulvoris Muhamedov.
«TBilling» – telefoniya xizmatlari yagona billing tizimidan foydalanishning axborot modeli
27.10.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

tbil_27_10_2016

Mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridayoq O‘zbekiston Respublkasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Biz yaqin yillar davomida aloqa va telekommunikatsiya rivoji bo‘yicha jahon standartlari darajasiga ko‘tarilishimiz lozim. Rivojlangan kommunikatsiya tizimi bo‘lmasa, O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmaydi. Biz buni aniq his qilishimiz lozim”, — deya ta’kidlagan edi.

Muallif: .
9 oktyabr – Butunjahon pochta kuni
10.10.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

1874 yil 9 oktyabrda Shveytsariya poytaxti Bern shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. Rasman 9 oktyabrni Butunjahon pochta kuni deb e’lon qilish haqida 1969 yili Tokioda bo‘lib o‘tgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongressida qaror qabul qilingan.

Muallif: .
O‘zaro hamkorlik – yangi imkoniyatlar kaliti
05.10.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

oz_5_10_2016

Mуzeylar o‘tmish qadriyatlarini saqlab, kelgusi avlodga tanishtirib borishdek muhim vazifani amalga oshiruvchi madaniy maskandir. Hozirgi davrdagi ochiq axborot jamiyati sharoitlarida muzeyning asosiy vazifalari qatoriga nafaqat o‘z jamlanmalaridagi asori-atiqalarni saqlash, asrab, kalajak avlodga yetkazish, balki mazkur madaniy mahsulotlarni innovatsion, yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, tashrifchilar uchun zamonaviy qulayliklarni taqdim etib, namoyish qilish ham muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bu bilan zamonaviy muzeylarning yangi obrazi yaratiladi. Muzey barcha uchun: zamonaviy yoshlarning ham, qadriyatlarni e’zozlovchi katta avlod vakillariga ham birdek ochiq va qulay madaniyat maskaniga aylanishi bilan tashrifchilarni o‘ziga jalb etadi.

Muallif: Mohira Abdullayeva.
O‘zbekiston Resbuplikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari turkumining chiqarilishi to‘g‘risida
04.09.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

O‘zbekiston Resbuplikasi Mustaqilligining 25 yilligini nishonlash tadbiri doirasida maxsus pochta markalari turkumi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Resbuplikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 31 avgustdan muomalaga kiritildi.

Muallif: .
Teletayp – elektromexanik axborot uzatish mashinasi
02.09.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

tele_2_09_2016

Mamlakatimiz “Aloqa tarixi muzeyi” zallari bo‘ylab navbatdagi tanishuv-sayohatimiz  elektr aloqa sohasida o‘z qiziqarli tarixiga ega bo‘lgan qurilma – teletaypga bag‘ishlandi. Muzey binosining ikkinchi qavatida joylashgan zalning asosiy eksponatlari qatoridan o‘z davrining ajoyib qurilmasi – teletayp ham joy olgan. E’tiborli jihati shundagi, mazkur  qurilma soz holatda bo‘lib, tashrifchiga uning ishi bilan bevosita tanishish imkoniyati taqdim etilishi mumkin.

Muallif: Tohirjon Nazarjonov, Marufa Azizova.
Dastlabki kompyuter 75 yoshda
28.07.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

75_28_07_2016

Bugungi kunda kompyuterlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan muhim buyumdir. Ular yordamida kattalar erta tongdan Internet orqali jahon va mamlakatimizdagi yangiliklardan boxabar bo‘lishga oshiqsalar, bolalar undagi o‘yinli dasturlar bilan vaqt o‘tkazishga intiladilar.

Muallif: Tohirjon Nazarjonov.
Inspeksiyaga 2016 yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili
14.07.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

Inspeksiyaga kаbel va efir-kabel televideniya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati yuzasidan 2016 yilning birinchi yarim yilligi davomida jami 23 ta kelib tushgan murojaat, Radioeshittirish va televideniya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda, kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi “Inform Service TV” MCHJ tomonidan taqdim etilayotgan kabel televidenyasi xizmatlari sifatsizligi yuzasidan bo‘lganligi aniqlangan.

Muallif: .
IPV4 va IPV6 protokollarining tahlili
06.07.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Internet.

ip_6_07_2016

O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol orqali adreslashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga noyob adreslar berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.

Muallif: Rustam Djurayev, Baxodir Umirzakov, Jamshid Xoshimov.