Rukn «Aloqa va telekommunikatsiyalar»
Aloqa sohasida zangiotaliklarni qiynayotgan masalalar sayyor qabulda ko‘tarildi
10.08.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 8-avgust kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov, tuman hokimi Abduvahob Tamekayev, “O‘zbektelekom” AK Bosh direktori Shuhrat Qodirov hamda sohaning mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

Muallif: .
Yangi tahrirdagi «Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ning loyihasi ishlab chiqildi
20.06.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Mobil aloqa.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari tomonidan yangi tahrirdagi «Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ning loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksi», O‘zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Muallif: .
“Informatika va axborot texnologiyalari fanidan” olimpiada g‘olibi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son Akademik litsey o‘quvchisi
07.06.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Akademik litsey va kasb hunar koledjlar o‘rtasida 2017 yil 31 may — 3 iyun kunlari umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan” Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey o‘quvchisi Rahimov Abdurasul Dilshod o‘g‘li ikkinchi o‘rinni egalladi va Respublikadagi texnik yo‘nalishdagi universitetlarga imtixonsiz kirish uchun tavsiya etildi.

Muallif: .
Vazirlik korxonalarida kadrlar o‘zgarishi
05.06.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘i bilan, shu kunga qadar «O‘zbektelekom» AKning «Bosh kommutatsiya markazi» direktori vazifasini bajarib kelgan Gaziyev Emir Rustamovich vazirlikning Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi Bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Muallif: .
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU yosh olimlar kengashining qisqa davrdagi katta yutuqlari
02.06.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari hamda respublikaning yetakchi olimlari bilan «Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini ta’minlash, akademik ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish, fan-ta’lim sohasi kadrlari salohiyatini mustahkamlashda intelek­tual salohiyatdan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilishining 2017-yil 6-yanvarda tasdiqlangan 1-31-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy maktablarni yaratish va yosh ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashda akademiklarning boy hayotiy tajribasidan foydalanish, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi va integratsiyasini mustahkamlash, soha korxonalarining ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan malakali va salohiyatli mutaxassislariga doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha universitet tomonidan ko‘mak­lashish hamda birgalikda ilmiy seminarlar o‘tkazish, innovatsion loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida Universitet qoshida akademiklar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxona va tashkilotlarining rahbariyati, tajribali mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant talabalardan iborat «Yosh olimlar kengashi» tashkil etildi.

Muallif: .