Рубрика «Aloqa va telekommunikatsiyalar»
Samarqandda radioaloqa texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda
12.09.2017
Рубрика: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.

Samarqand shahrida 11 — 15 sentyabr kunlari Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi, Radiochastota spektrini boshqarish, Radiouzatish bo‘yicha, shuningdek Radioaloqa assambleyasiga va Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining Butunjahon radioaloqa anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Ishchi guruhlarining yig‘ishilish o‘z ishini boshladi.

Автор: .
Telekommunikatsiya xizmatlari so‘mli tarifga o‘tkaziladi, narxlarning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
04.09.2017
Рубрика: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-5177-son farmonining qabul qilinishi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida barcha mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari rahbarlari ishtirokida tarif siyosatini tartibga solish bo‘yicha birlamchi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Автор: .
Pochta qutisining yaratilish tarixini bilasizmi?
03.09.2017
Рубрика: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

Mamlakatimiz “Aloqa tarixi muzeyi” zallariga tashrif buyurib, aloqa tarixidan munosib o‘rin olgan o‘z davrining muhim yangiliklari, ixtirolar, qurilmalar bilan yanada yaqindan tanishish mumkin. Bu safargi tashrifimiz vaqtida pochta qutisi tarixiga qiziqib qolib, bu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik va Siz muxlislar e’tiboriga havola qilishga qaror qildik.

Автор: .
Aloqa ob’ektlarining videokuzatuv tizimi. Arxitekturasi, tarkibi. Loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning o‘ziga xos jihatlari
10.08.2017
Рубрика: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

«O’zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» filialida joriy yil 15 avgustdan 18 avgustgacha «Aloqa ob’ektlarining videokuzatuv tizimi. Arxitekturasi, tarkibi. Loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning o‘ziga xos jihatlari» dasturi bo’yicha o’quv kursi tashkil qilinmoqda.

Автор: .
Aloqa sohasida zangiotaliklarni qiynayotgan masalalar sayyor qabulda ko‘tarildi
10.08.2017
Рубрика: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 8-avgust kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov, tuman hokimi Abduvahob Tamekayev, “O‘zbektelekom” AK Bosh direktori Shuhrat Qodirov hamda sohaning mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

Автор: .
Yangi tahrirdagi «Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ning loyihasi ishlab chiqildi
20.06.2017
Рубрика: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Mobil aloqa.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari tomonidan yangi tahrirdagi «Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ning loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksi», O‘zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Автор: .