Архивы автора
“Bilayn” O‘zbekiston Yoshlar Ekologik tarmog‘i tomonidan tashkil etilgan veloo‘yinni qo‘llab-quvvatladi
01.11.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) shahardagi ko‘ngillilar veloo‘yini – O‘zbekiston Yoshlar Ekologik tarmog‘i tomonidan tashkil etilgan Velokvestni qo‘llab-quvvatladi. Veloo‘yinda 7 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoaga yuqori tezlikka ega 3G-modem taqdim etilib, uning yordamida o‘yinchilar vazifalarni tez bajara oldilar.

Muallif: .
Vidеokamеrali FishEyes qarmog‘i
28.10.2011
Rukn: Yangiliklar.

Ko‘pchilik insonlar dam olish kunlari shahardan tashqariga chiqib, sokin tabiat qo‘ynida katta shahardagi shovqinlardan dam olib, daryo bo‘yida baliq ovlashni juda yaxshi ko‘radilar. Baliq ovi juda qiziqarli mashg‘ulot, baliq ovlab dam olasiz, zavqlanasiz va ovqat topasiz. Vidеokamеra bilan yangi FishEyes qarmog‘i baliq ovlash jarayonini yanada qiziqarli qiladi.

Muallif: .
Genius simsiz sichqonchani barmog‘iga kiydirishni taklif etdi
28.10.2011
Rukn: Texnologiya.

Genius kompaniyasi o‘zining g‘aroyib qurilmasi — kichkina simsiz Ring Mouse sichqonchasi bilan hayron qoldirdi. Ushbu qurilma uzuk ko‘rinishida mahkamlanadi va barmoqqa taqib yurish uchun mo‘ljallangan. Mana shunday qurilma yordamida foydalanuvchilar osongina taqdimot o‘tkazishlari, slayd-shoular namoyish etishlari mumkin bo‘ladi dеb taxmin qilinmoqda.

Muallif: .