Huawei “Gartner Peer Insights”ning 2020 yilgi “Foydalanuvchilar tanlovi” mukofotiga sazovor bo’ldi
27.01.2021
Rukn: Tadbirlar. Teglar: Huawei
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) infratuzilmasi va aqlli qurilmalarining dunyodagi yetakchi provayderi “Huawei” kompaniyasi “Gartner Peer Insights”ning “Ma’lumotlarga ishlov berish markazlari” va “Bulutli tarmoq texnologiyalari” toifalari bo’yicha “Foydalanuvchilar tanlovi” mukofotini qo’lga kiritdi. CloudFabric ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari tarmoqlari uchun “Huawei”ning yechimlari mukofot bilan taqdirlandi. “Huawei”ning 2020-yil noyabr oyidagi reytingi 4.9/5 ni tashkil etdi, bu kompaniyaning deyarli 20 ta yetkazib beruvchilar orasida birinchi o’ringa erishishiga sababchi bo’ldi.