Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o’qituvchi va talabalari Oracle Academy kurslarida o‘qishlari mumkin
03.08.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti Oracle kompaniyasi bilan birgalikda o‘z professor-o’qituvchi va talabalari uchun Oracle Academy kurslarida bepul ta’lim olish imkonini yaratib berdi.

Oracle Academy kurslari IT sohasida professional ta’lim olishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari bo‘lib, IT bozorida jahondagi yetuk kompaniyalaridan biri – Oracle tomonidan tashkil etilgan. Oracle Academy o‘quv dasturi tinglovchilarga AKT sohasidagi dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga imkon beradi.

Oracle Academy kurslari doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o’qituvchi va talabalari quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha o‘ishlari mumkin:

— Java dasturlash;
— ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish va ular bilan ishlash;
— Oracle Primavera yordamida loyihalarni boshqarish.

Kurslar haqida batafsil ma’lumot quydagi havola orqali olishingiz mumkin: https://academy.oracle.com/ru/solutions-curriculum.html

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq