Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida IT-inkubatsiya markazi ochildi
30.06.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugungi kunda ta’lim tizimini isloh qilishda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-parklar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy ta’lim tizimida talaba-yoshlarga imkoniyatlar yaratib berish, ularning yangilik yaratishlari va amaliyotga tatbiq qilishlari uchun shart-sharoitlarini to‘g‘rilash bo‘yicha bosqichma-bosqich amaliy ishlar boshlangan. Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Inkubatsiya markazi ochildi. Markaz ochilishida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi shuningdek, professor-o‘qituvchi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Markaz ilg‘or startap g‘oyalar va innovatsion ishlarni monitoring qilish, tanlash va inkubatsiya qilish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, yoshlarning startap jamoalarini shakllantirish, loyiha faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash, jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish vazifalarini bajaradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq