Axborot xavfsizligi bo‘yicha MDH xalqaro ekspertlar forumi
30.06.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2021-yil 29-iyun kuni Axborot xavfsizligi bo‘yicha MDH xalqaro ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va MDH Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan Xalqaro ekspertlar forumi gibrid formatda ya’ni xorijiy ishtirokchilar ham videokonfrerensaloqa tizimi orqali, onlayn tarzda jalb qilgan holda tashkil etildi.

Axborot xavfsizligi masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan muloqot Hamdo‘stlik mamlakatlarining yetakchi ekspertlari, xalqaro tashkilotlar va MDH mamlakatlari yetakchi tahliliy markazlarining vakillari qatnashdi.

Forum doirasidagi muhokamalardan keyin Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro MDH ekspertlari forumining yakuniy hujjati qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq