“IСS Holding” O’zbekistondagi INNOPROM ko’rgazmasida ishtirok etadi
02.04.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«IСS Holding» ko’p tarmoqli IT-guruhi 2021-yil 5-7 aprel kunlari Toshkentda (O’zbekiston Respublikasida) bo’lib o’tadigan «INNOPROM: O’zbekistondagi katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko’rgazmasida ishtirok etadi. Ushbu tadbirda Rossiya, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston va Pokistondan sakkiz mingdan ziyod davlat organlari va yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotchilar – Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

«O’zbekiston Respublikasi va umuman Markaziy Osiyo mintaqasi bizning biznesimiz rivoji va turli sohalarda ishlab chiqarishni raqamlashtirish, qo’shma keng ko’lamli loyihalarni amalga oshirish, yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish va qo’shma yirik loyihalarni amalga oshirish uchun katta qiziqish uyg’otmoqda, – deydi IСS Holding vitse-prezidenti Stanislav Kiselev. – “IСS Holding” ulkan ekspertiza to’plagan, biz ayni damda uni ushbu bozorda muvaffaqiyatli qo’llamoqdamiz. Shunday qilib, 2019-yilda biz qozog’istonlik hamkorlar bilan birgalikda Qozog’istonning IT-bozorida sho’ba korxonasini tashkil qilganmiz, 2021-yil fevral oyida esa O’zbekiston Respublikasi yoqilg’i-energetika kompleksini raqamlashtirish bo’yicha yo’l xaritasini ishlab chiqish loyihasini amalga oshirish boshlandi. Biz INNOPROM xalqaro ko’rgazmasi doirasida holdingimiz texnologiyalari va mahsulotlari dunyosiga va ushbu huhuddagi  boshqa potentsial hamkorlariga eshiklarni ochishdan mamnun bo’lamiz.»

Stendda “IСS Holding” kompaniyalarining o’z ishlanmalari namoyish etiladi:

  • YADRO kompaniyalari: turli xil vazifalarni hal qilish uchun TATLIN.UNIFIED o’rta sinf korxona saqlash tizimi, sovuq ma’lumotlar uchun yuqori zichlikdagi TATLIN.ARCHIVE yuqori zichlikdagi saqlash tizimi va standart x86-64, katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanadigan ish yuklari uchun mo’ljallangan VESNIN-server platformasida qurilgan kengaytiriladigan VEGMAN S220 / S320 korporativ darajasidagi o’rtacha klassdagi saqlash serverlari;
  • hujjatlar bilan ishlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan platforma, barcha back-office jarayonlarini avtomatlashtiradi (nlogic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan);
  • kompaniyaning biznes-jarayonlarini tahlil qilish va samarali boshqarish uchun platforma (IСS Holding, USM va MegaFon kompaniyalarining qo’shma ishlab chiqaruvi);
  • TALMER kompaniyasi uchta mahsulotni namoyish etadi: avtomatik tarzda alkogol bug’ini aniqlash tizimi (ACOПA), sanoat uskunalari uchun prediktiv tahlil va baza stansiyasining holatini kuzatish tizimi;
  • «Garda Analytica» axborot-iqtisodiy xavfsizligi platformasi (ishlab chiquvchi – «Garda Technologies»);
  • Maxsus bilakuzuklar yordamida mehnat zichligini kuzatish tizimi (JSA Group tomonidan ishlab chiqilgan);
  • Neon – korporativ intranet-portali.

Shuningdek, IСS Holding mutaxassislari INNOPROM: O’zbekistonda yirik sanoat haftaligi biznes dasturida qatnashadilar. Holding ma’ruzachilari orasida: «Metalloinvest»ning raqamli transformatsiyasi direktori, «IСS Holding» vitse-prezidenti Yuliya Shutkina, «IСS Holding» vitse-prezidenti Stanislav Kiselev va transformatsiya bo’yicha direktori Yekaterina Zemskova.

300dan zitod ishtirokchi kompaniyalar «O’zekspomarkaz» kongress-ko’rgazma majmuasi hududida uchrashib, Rossiya, O’zbekiston, Fransiya, Belorussiya va Qozog’istondan 200 dan ortiq eksponentlarini namoyish etishadi. Ko’rgazmaning kommukatsiya maydonchasida 200dan ziyod biznes uchrashuvlar, mavzuga oid sessiyalar va davra suhbatlari, biznes loyihalar taqdimotlari tashkil etiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq