O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari IT Park’ga tashrif buyurishdi
30.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 25-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O‘zbekistonga ikki kunlik safari va turli ob’ekt, korxona va tashkilotlarga tashrifi doirasida IT Park’ga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadikov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, IT Park direktori Farhod Ibragimov hamda Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi va boshqalar ham uchrashuvda ishtirok etishdi.

Tashrif davomida faxriy mehmonlarga IT Park hududida 2022-yilga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan inshootlar konsepsiyasi haqida ma’lumot berildi. Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziriga IT Park rezidentlarining “BePro” kompaniyasi tibbiy yordam xizmati boshqarmasining avtomatlashtirilgan tizimi, rudasiz foydali qazilmalarni qazib olish monitoring tizimi, shuningdek, “Monterra” kompaniyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosilliligini aniqlashga mo‘ljallangan analitik platforma bo‘yicha loyihalari taqdim etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Meddata 103 tez tibbiy yordam xizmati boshqarmasining avtomatlashtirilgan tizimi” ning xususiyati qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va uzatish, dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tahlil qilish va oldindan aytish bo‘yicha aqlli tizim ekanligidadir.

“Ushbu g‘oya o‘tgan yili, ya’ni COVID-19 pandemiyasi tufayli tez yordam mashinalari yetishmaganda paydo bo‘ldi”,- dedi Abdulla Aripov.

Loyiha asoschisi tizim afzalliklarini sanab berdi va uning amalga oshirishdan oldinga va keyingi holatini aytib o‘tdi. Masalan, uni ishga tushirishdan avval, qo‘ng’iroqqa javob berish vaqti 10 minutni tashkil etar edi, uni ishga tushirganimizdan keyin esa, javob berish vaqti 5-10 soniyani tashkil etdi. Tez yordam brigadasiga qo‘ng‘iroq qilishga, bemor bilan bog‘lanishga va boshqa muhim aspektlarga ketadigan vaqt, loyiha asoschisining so‘zlariga ko‘ra, ijobiy natija berishni boshlagan.

Har biz tez yordam mashinasi avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha arizalar qabul qiladigan maxsus planshetlar bilan ta’minlangan. Tizim eng yaqin joydagi tez yordam mashinasini aniqlaydi va masofani hisoblab beradi. Loyiha tez yordam mashinasining chaqirilgan joyga qisqa vaqt ichida yetib borishini ta’minlaydi. Oldinlari yetib borishga ketadigan vaqt 40-50 minut edi, hozir esa ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 15 minutni tashkil qiladi.

«Monterra Mining» —bu materiallardan foydalanganlik uchun soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida rudasiz materiallarni monitoring qilish tizimidir. 2020-yili loyihani amalga oshirish davomida soliq tushumi 20 milliard so‘mni tashkil etdi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich ikki baravarga oshishi, ya’ni 40 milliard so‘mni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

“Mazkur loyiha faqat Samarqand shahrida amalga oshirilmoqda, agar bu loyihani Toshkentda ishga tushirsak nima bo‘lishini bir o‘ylab ko‘ring”, — dedi Abdulla Aripov. Ulug‘bek Maripov ushbu loyiha yaxshi va istiqbolli biznes namoyondasi ekanligini ta’kidladi.

Qolaversa, “Uzinfocom” vakili “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” loyihasini namoyish etdi. Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

Bugungi kunda portaldan 20 000 kishi foydalanmoqda, shuningdek, ko‘rib chiqilgan murojaatlarning umumiy soni 30 millionni tashkil etadi. Portalga 7920 ta muassasa ulangan. Portal ilovasining Android va iOS foydalanuvchilariga mo‘ljallangan mobil versiyalari mavjud.

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov taqdim etilgan loyihalarni yuqori baholadi hamda ularning Qirg‘izistonda ham joriy etilishi mumkin ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi bir-biri bilan, xususan, axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi. Bu esa har ikki mamlakatda ham IT sohasining rivoji uchun turtki bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq