IT Park rezidentlari: 2020-yil natijalari
30.03.2021
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

IT Park rezidentlari — bu dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, loyihalash va tatbiq etishga ixtisoslashgan IT xizmatlarini ko‘rsatadigan IT kompaniyalardir. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish bo‘yicha o‘quv markazlari ham IT Park rezidentlari hisoblanadi.

IT Park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5099-son Farmoniga binoan IT Park rezidentlari quyidagilarni to’lashdan ozod etilgan:

Ta’kidlash joizki, 2020-yilning noyabr oyidan boshlab yuridik shaxslardan faoliyat turlari bo’yicha arizalarni qabul qilish va IT Park rezidenti maqomini taqdim etishda qo’llanilib kelayotgan IFUTga bog’lanish bekor qilindi, hamda rezidentlarning amalga oshiradigan faoliyat turlari 4 dan 18 gacha kengaytirildi.

IT Park rezidentlarining xodimlari

IT kompaniyalar sonining o‘sishi va ularga taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar tufayli IT Park rezidentlarining xodimlar soni ham oshib bormoqda. 2017-yilda IT Park rezidentlari xodimlari umumiy soni 2 523 nafarni tashkil etdi. 2018-yilga kelib ushbu koʻrsatkich 3 045 nafarni tashkil etdi, 2019-yilda esa 4 584 nafarni tashkil qildi. 2020-yilning oxirida IT Park rezidentlari kompaniyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar soni 6 000 nafardan oshdi.

IT Park rezidentlari tomonidan bajarilgan xizmatlar hajmi

Taqdim qilingan, imtiyozlar va preferensiyalar tufayli xizmatlar hajmi va eksport hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. IT Park rezidentlari dunyo bozorlariga chiqib, o‘z xizmatlarini xorijiy kompaniyalarga ko’rsatib kelishmoqda.

Shunday qilib, 2017-yilda bajarilgan xizmatlar hajmi 179,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi, 2018-yilda 279,0 mlrd. soʻmni, 2019-yilda esa 529,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2020-yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 191% ga o‘sib 1,0 trln. somni tashkil etdi. 2021-yil yakuniga kelib IT Park rezidentlarining xizmatlar hajmi 1,3 trln.so’mni tashkil etilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, 2017-yilda eksport hajmi 0,7 mln. dollarni, 2018-yilda esa 1,7 mln. dollarni, 2019 yilga kelib esa 6,2 mln. dollarni tashkil etdi hamda 2020-yil yakuniga ko’ra ushbu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan 2,6 barobarga o’sib 16,4 mln.dollarni tashkil etdi. 2021-yilda IT Park rezidentlarining eksport hajmi 40,0 mln.dollarni tashkil etilishi kutilmoqda.

450 ta IT Park rezidentlaridan 62 ta kompaniyaning faoliyati eksportga yo’naltirildan hamda 20 ta IT Park rezidentlari o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazganidan keyin 2021-yil davomida dunyo bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq