GameDev Goethe ikkinchi to‘lqinining ochilish marosimi: qanday o‘tdi?
30.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 27-mart kuni Toshkent shahridagi Gyote institutida GameDev Goethe o‘yin yaratish inkubatori ikkinchi to‘lqinining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda VRonica kompaniyasi asoschisi Akmal Solihov, o‘yin yaratish inkubatori birinchi va ikkinchi to‘lqini ishtirokchilari hamda OAV vakillari va boshqalar ishritok etishdi.

Tadbir davomida Akmal Solihov inkubator va GameDev sanoati haqida tayyorlagan taqdimotini namoyish qildi. Qolaversa, u ushbu yo‘nalish istiqbollari va inkobator ikkinchi to‘lqini ishtirokchilarini nimalar kutayotganligi haqida aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, o‘yin yaratish inkubatori birinchi mavsumi ishtirokchisi Barativ Otabek loyiha haqida o‘z fikrini bildirdi va inkubatorda ishtiroki davomida nimalarni boshidan kechirgani va buning barchasi shunga arzishini ta’kidlab o‘tdi.

Marosim mehmonlari o‘yin yaratish sohasi va inkubator yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Mehmonlarni inkubatorda tajriba emas, balki faqat g‘oya bilan ishtirok etish mumkinmi, agar alohida joy ajratilmagan bo‘lsa jamoa bilan qayerda o‘yin yaratish mumkin, birinchi mavsum ishtirokchilari ikkinchi mavsumda ham ishtirok etsa bo‘ladimi va uning uchun nimalar qilish kerak kabi savollar qiziqtiradi.

Akmal Solihov mehmonlarning savollariga katta mamnuniyat bilan javob berdi. Yuqoridagi savollarga javob berish paytida, Akmal tajriba muammo emasligini va tajribasiz ham inkubatorda ishtirok etish mumkin ekaligi va shu yo‘lni davom ettirishi mumkin ekanligiga ko‘zi yetishi kerak deya ta’kidladi. Shuningdek, jamoa bilan o‘yin yaratishga joy topa olmaganlarda 10, 17-aprel va 8-may kunlari Gyote institutiga kelib, o‘z loyihalari ustida ishlash imkoniyati mavjud.

Qolgan tafsilotlar va kutubxonaga kelish kunlarini kutubxona ma’muriyatidan bilish kerak. Shuni ta’kidlash joizki, o‘yinni rivojlantirish inkubatorining oldingi to‘lqini ishtirokchilari dastlabki sinov va tekshirishlarsiz avtomatik ravishda ikkinchi to‘lqin ishtirokchilariga aylanadi.

Tadbir yakunida mehmonlar GameDev sanoati, GameDev Goethe o‘yin yaratish inkubatoriga oid yangi ma’lumotlarni olish, inkubator ishtirokchilari bilan shaxsan muloqot qilish va netvorkinglarini kengaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tadbirdan olingan videoni quyidagi havolaga orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=u3js8X_jtZU

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq