Chirchiq shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
29.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent viloyatning Chirchiq shahrida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu markaz Toshkent viloyatida tashkil etilgan o‘n ikkinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi, keng jamoa vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok yetishdi.

Mazkur markaz so‘ngi rusumdagi zamonaviy kompyuter texnikalari va mebel jihozlari bilan jihozlangan bo‘lib, aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda korxonalar, hukumat va boshqaruv organlari xodimlarining malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq