Jizzax viloyati, G’allaorol tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazi ochildi
26.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Jizzax viloyati, G’allaorol tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan sakkizinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, G’allaorol tuman hokimligi rahbar va xodimlari, so‘zga chiqib yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib o‘tishdi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq