IT Park vakillari TATU Samarqand filialiga tashrif buyurishdi
17.03.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2021-yil 5-mart kuni IT Park direktorining mintaqaviy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari Abdulahad Qoʻchqorov, Samarqand shahridagi IT Park filialining startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha menejeri Abdulaziz Suyarov va boshqalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar TATU Samarqand filialida inkubatsiya markazini qurish, hamkorlik istiqbollari, shuningdek, “One Million Uzbek Coders” taʼlim dasturi doirasida Samarqand viloyatida yoshlar forumini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida IT Park uchun brend elchi tayinlash va boshqalar toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq